Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/10 00:00 Koventri Siti 4-1 Nyukasl
13/10 00:00 Levante 3-3 Sevilya
13/10 12:45 Nyukasl Jets 1-3 Gamba Osaka
13/10 15:00 Shangxay Port 1-1 Tejon Hana Citizen
13/10 15:00 Poxang Stilers 0-2 Johor Dorul Ta'zim
13/10 15:00 Kyoto Sanga 1-0 Ratchaburi
13/10 17:15 Kongan Hanoi 0-1 Kashima Antlers
13/10 17:15 Buriram Yunayted 0-1 Beyjing Guoan
13/10 18:45 As-Siyb 0-3 Al-Hussayn
13/10 21:00 As-Sadd 0-2 Al-Hilol
13/10 21:00 Ist Bengal 2-3 Ash-Shorta
13/10 21:45 Sabah 2-0 Slaviya
13/10 21:45 Lans 0-2 Sporting
13/10 23:15 Al-Ittihod 1-2 Shabab al-Ahli
13/10 23:59 Galatasaroy 1-4 Barselona
13/10 23:59 Atletiko 2-0 Man. Yunayted
13/10 23:59 Arsenal 3-0 Lill
13/10 23:59 Vilyarreal 3-1 Napoli
13/10 23:59 Inter 3-4 Bryugge
13/10 23:59 RB Leypsig 1-0 PSV
13/10 23:59 Viking 3-3 Bavariya
14/10 12:45 Melburn Viktori - Seul
14/10 17:15 Persib - Kong-Vittel
14/10 18:45 Nasaf - Al-Vahda

Qirg‘izistonlik yigitcha Turkiya klubida debyut qildi

Qirg‘izistonlik yigitcha Turkiya klubida debyut qildi

Baho:
+ | -
Bo'lim: OSIYO / Futbolchilar
Rukn: Yangiliklar

Qirg‘izistonlik iqtidor Turkiyaning asosiy klublaridan biri «Galatasaroy»da deb­yutini nishonladi - qo‘shni mamlakat futboli uchun tarixiy voqea.

Gap 16 yoshli o‘smir yigit Beknaz Almazbekov haqida ketmoqda. Albatta, Turkiyaning 22 karra chempioni sanalgan Istanbul jamoasi asosiy tarkibida maydonga tushish Beknaz uchun alohida qadam. Sport.akipress sayti xulosasi ham shunday.

Beknaz Almazbekov - hujumchi. Uning «Galatasaroy»dagi debyuti Kiyev «Dinamo»siga qarshi kechgan xayriya uchrashuviga to‘g‘ri keldi. Istanbul shahridagi shovqinli «Turk Telekom» stadionida tashkillashtirilgan bu o‘yin Ukraina jamoasining 3:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Almazbekovga kelsak, Qirg‘iziston futbolining ertangi umidi uchrashuvning 82-daqiqasida Turkiya milliy jamoasi hujumchisi Emre Kilinch o‘rnini egalladi. Alohida aytish kerak, uchrashuv «Tinchlik uchun o‘yin» xayriya turnesi doirasida o‘tkazildi. Undan tushgan mablag‘ to‘liq Rossiya - Ukraina mojarosidan jabrlanganlarni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi.

Beknaz Almazbekov Bishkekning «Alga» klubi va aynan «Galatasaroy» akademiyasida tahsil olgan. U 2017 yildan buyon turk klubi tizimida shug‘ullanmoqda. Joriy yilning mart oyi boshida qirg‘iz yigiti «Galatasaroy» U-19 jamoasiga qabul qilindi. Beknaz endilikda vaqti-vaqti bilan asosiy jamoa mashg‘ulotlarida ham qatnashmoqda. Darvoqe, Almazbekov 2020 yili Osiyoning eng yaxshi yosh futbolchilari ro‘yxatiga kiritildi. Yana bir diqqatni tortadigan holat: u «Galatasaroy» yoshlar jamoa­si o‘yinlaridan birida penalti tepishdan bosh tortdi. Shunchaki, Beknaz hakam raqib darvozasiga jarima zarbasi belgilashda adashgani uchun nuqta oldiga borishni istamadi.

Beknaz Almazbekov mart oyida Qirg‘iziston termasida debyut qilishi mumkin edi (xususan, O‘zbekiston milliy jamoasiga qarshi kechgan o‘yinda). Har holda, jamoa bosh murabbiyi - rossiyalik Aleksandr Krestinin yigitchani Namanganda o‘tkazilgan «Nav­ro‘z kubogi-2022» turniriga jalb etdi. Biroq «Galatasaroy» rahbariyati yosh futbolchini qo‘yib yubormadi.

Manba: iff.uz
Kiritildi: 16:15, 30.04.2022.
O'qildi: 1608 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик