Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/02 00:45 Parma 1-4 Yuventus
02/02 01:00 Atletik Bilbao 1-1 Real Sosyedad
03/02 00:45 Udineze 1-0 Roma
03/02 01:00 Sanderlend 3-0 Byornli
03/02 01:00 Malyorka 4-1 Sevilya
03/02 11:00 Eron 7-4 O‘zbekiston
03/02 13:00 Iroq 4-2 Tailand
03/02 15:00 Yaponiya 6-0 Afg‘oniston
03/02 17:00 Indoneziya 3-2 Vyetnam
04/02 00:45 Bolonya - Milan

Superliga: «Bunyodkor» va «Olimpik» — 1:5. Uchrashuvdan qiziqarli FOTOGALEREYA

Superliga: «Bunyodkor» va «Olimpik» — 1:5. Uchrashuvdan qiziqarli FOTOGALEREYA

Baho:
+ | -

Temur Kapadze boshchiligidagi «Olimpik» jamoasining sa’y-harakatlari o‘zining ilk mevasini bera boshladi. Olimpiyachilar bugun Superliganing 6-turi doirasida "Bunyodkor" klubi mehmoni bo‘lib, 5:1 hisobida g‘alaba qozondi.

«Olimpik» uchrashuvni faol boshladi va 9-daqiqada hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. Abdurauf Bo‘riyev himoyachilarning e’tiborsizligidan unumli foydalandi. 29-daqiqada esa Jiyanov chap qanotdan yerlatib zarba yo‘llab, farqni 2taga oshirdi. Oradan ko‘p o‘tmasdan o‘ng qanotdan uyushtirilgan hujumni Alisher Odilovdan samarali yakunladi va hisobni yirik ko‘rinishga keltirib qo‘ydi. Oradan 3 daqiqa o‘tib «Bunyodkor» ilk to‘pini kiritdi. Gol muallifi — Ibrohim Tomiva.

Ikkinchi bo‘limda esa «qaldirg‘ochlar» vaziyatni o‘zgartirishga urinishdi, ammo bugun «Olimpik»ni to‘xtatib bo‘lmasdi. Kapadze shogirdlari o‘yin oxiriga qadar raqib darvozasi tomon yana 2 marta yo‘l topishdi va hisobni 5:1 ko‘rinishga keltirishdi.

Quyida fotogaleriya orqali o‘yindagi qiziqarli vaziyatlarni tomosha qilishingiz mumkin.

 

Fotosuratlar muallifi: Jamshidjon Mahmudov

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 23:44, 30.04.2022.
O'qildi: 1803 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.