Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya 5-5 Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted 2-0 Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut 1-1 Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal 3-0 Sanderlend
07/02 20:00 Byornli 0-2 Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem 1-2 Everton
07/02 20:00 Vulverhempton 1-3 Chelsi
07/02 20:15 Barselona 3-0 Malyorka
07/02 22:00 Jenoa 2-3 Napoli
07/02 22:30 Nyukasl 2-3 Brentford
08/02 00:45 Fiorentina 2-2 Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad 3-1 Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Sevilya - Jirona
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis
09/02 00:45 Yuventus - Lasio
09/02 01:00 Valensiya - Real Madrid
09/02 22:30 Atalanta - Cremonese

Superliga. «So‘g‘diyona» o‘z uyida «Metallurg»ni taslim etdi va peshqadamga aylandi

Superliga. «So‘g‘diyona» o‘z uyida «Metallurg»ni taslim etdi va peshqadamga aylandi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston superligasining 6-turidan o‘rin olgan yana bir uchrashuv Jizzax shahrida bo‘lib o‘tdi.

Mamlakat chempionati yetakchilaridan biri “So‘g‘diyona”ga qarshi uchrashuvni teng kurashlar ostida boshlagan «Metallurg» birinchi golni o‘zlariga o‘zlari "olib" kelishdi. Oddiy vaziyatda to‘pni maydonda olib qola bilmaslik, raqibning o‘yinga kiritishiga to‘sqinlik qilmaslik va nihoyat olis burchakda bo‘sh qoldirilgan Jasur Hasanovning qaytarib bo‘lmas zarbasi... Hisobning ochilishiga olib keldi.

Shundan keyin o‘yin tizgini to‘liq maydon egalari tomoniga o‘tib ketdi. Garchi to‘p nazoratida bekobodliklar yutqazmagan bo‘lsa-da, ularning hujumida shiddat, qat’iyat yetishmadi. Buni his etgan maydon egalari yanada erkin o‘ynay boshlashdi. Ikkinchi bo‘lim avvalida esa qanotdan ideal hujumni amalga oshirgan jizzaxliklar ikkinchi golni ham kiritib olishdi. Doniyor Abdumannopov bo‘sh qoldirilgan darvozani nishonga oldi va o‘yin taqdirini muddatidan oldin hal etib qo‘ydi.

“Metallurg” bosh murabbiyining tarkibda ketma-ket o‘yinchilarni almashtirishi ham o‘yinda burilish yasashga yordam bermadi. OFK kubogida mamlakatimiz sharafini himoya etadigan "So‘g‘diyona" esa grossmeysterlarga xos tarzda yutuqni saqlab qoldi. Jizzaxliklar o‘z ochkolarini 14taga yetkazgan holda, "Qizilqum"ning ochko yo‘qotishidan unumli foydalanib, yakka peshqadamga aylanishdi.

Superliga. 6-tur
«So‘g‘diyona» - «Metallurg» - 2:0
Gollar: Jasur Hasanov (29), Doniyor Abdumannopov (57)
"So‘g‘diyona": 27. Milan Mitrovich, 2. Sardor Qulmatov, 6. Iskandar Shaykulov, 7. Shaxboz Jo‘rabekov, 10. Shoxruz Norxonov (20. Baxodir Nasimov, 74), 11. Jasur Hasanov (5. Ayubxon No‘monov, 55), 19. Javoxir Qahramonov, 23. Bexruz Shodmonov (44. Yure Obshivas, 74), 31. Luka Chermel, 33. Doniyor Abdumannopov (8. Marat Bikmayev, 74), 93. Marko Kolakovich (16. Artyom Filiposyan, 14).
“Metallurg”: 12.Aleksandr Lobanov, 5.Abbos Otaxonov, 6.Xudoyshukur Sattorov, 9.Zabixillo O‘rinboyev (7.Islombek Isoqjonov, 63), 11.Damir Temirov, 14.Abrorbek Toshqo‘ziyev, 16.Jasur Xolto‘rayev (10.SHohnazar Norbekov, 63), 19.Ergash Ismoilov (8.Salamat Quttiboyev, 63), 27. Ixtiyor Toshpo‘latov, 80.Farrux Ibrohimov, 94.Farhod Bekmurodov.
Hakamlar: Aziz Asimov, Sardor Nishonboyev, Avaz Abdullayev, Lochinbek Dolimov
Nazoratchi: Konstantin Smirnov
Komissar: Shohruh Said

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 20:39, 01.05.2022.
O'qildi: 2250 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.