Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/09 00:00 Valyadolid 1-2 Malyorka
28/09 16:30 Nyukasl 1-1 Manchester Siti
28/09 17:00 Xetafe 2-0 Alaves
28/09 17:00 Bunyodkor 2-2 Nasaf
28/09 18:00 Udineze 2-3 Inter
28/09 19:00 Arsenal 4-2 Lester
28/09 19:00 Brentford 1-1 Vest Xem
28/09 19:00 Everton 2-1 Kristal Pelas
28/09 19:00 Nottingem Forest 0-1 Fulhem
28/09 19:00 Chelsi 4-2 Brayton
28/09 19:15 Rayo Valyekano 1-1 Leganes
28/09 21:00 Jenoa 0-3 Yuventus
28/09 21:30 Real Sosyedad 3-0 Valensiya
28/09 21:30 Vulverhempton 1-2 Liverpul
28/09 23:45 Bolonya 1-1 Atalanta
29/09 00:00 Osasuna 4-2 Barselona
29/09 15:30 Torino - Lasio
29/09 17:00 Selta - Jirona
29/09 18:00 Roma - Venetsiya
29/09 18:00 Komo - Verona
29/09 18:00 Ipsvich - Aston Villa
29/09 19:15 Atletik Bilbao - Sevilya
29/09 20:30 Man. Yunayted - Tottenhem
29/09 21:00 Empoli - Fiorentina
29/09 21:30 Betis - Espanyol
29/09 23:45 Napoli - Monsa
30/09 00:00 Atletiko - Real Madrid
30/09 23:45 Parma - Kalyari
01/10 00:00 Vilyarreal - Las-Palmas
01/10 00:00 Bornmut - Sautgempton

Superliga. «Navbahor» safarda peshqadamni mag‘lub etdi

Superliga. «Navbahor» safarda peshqadamni mag‘lub etdi

Baho:
+ | -

Superliganing 6-turidan o‘rin olgan bahsda «Navbahor»  Olmaliqda “Qizilqum” mehmoni bo‘ldi.

Mazkur uchrashuv ushbu turning markaziy bellashuvi edi. Boisi, navoiyliklar joriy mavsum o‘yinlarini yaxshi o‘tkazib, milliy chempionatimiz bahslarida hali mag‘lubiyatga uchrashmagan va Coca Cola Superligasi turnir jadvalida peshqadamlik qilishayotgandi.

“Navbahor” esa bu yil o‘z oldiga yuksak  maqsadlar qo‘ygan hamda “Qizilqum” ustidan aynan Olmaliqda, O‘zbekiston Coca Cola kubogi guruh bosqichidan o‘rin olgan o‘yinda 2:0 hisobida g‘alaba qozonib, Nikola Lazarevich shogirdlariga joriy mavsumdagi ilk mag‘lubiyatni taqdim etgandi. Shu bois, mazkur uchrashuvning keskin kurashlar ostida kechishi kutilgandi va amalda ham shunday bo‘ldi.  

Ilk daqiqalardanoq murosasiz tarzda boshlangan uchrashuvning 1-bo‘limida ustunlik ko‘proq jamoamiz tarafida bo‘ldi. “Lochinlar”ning navbatdagi hujumlaridan birida jamoa sardori Azimjon Ahmedovning darvozadan 20 metrlar chamasi uzoqlikdan yo‘llagan zarbasidan so‘ng, to‘pni “Qizilqum” darvozaboni Ignatiy Nesterov qaytardi.

Samvel Babayan shogirdlarining navbatdagi hujumlaridan birida esa  nominal mezbon hisoblangan navoiyliklar o‘z jarima maydonchalari ichida Jamshid Boltaboyevga nisbatan o‘yin qoidasini buzishdi. Aniqrog‘i Timur Nabiyev o‘ng qanotdan jarima maydonchasi ichiga yorib kirgan Jamshidning futbolkasidan tortib, to‘xtatib qoldi. Natijada uchrashuv bosh hakami Ilgiz Tantashev Nabiyevni ikkinchi marta ogohlantirib, uni maydondan chetlatdi va “Qizilqum” darvozasiga 11 metrli jarima zarbasi belgiladi. Penaltini esa jamoamiz sardori Azimjon Ahmedov aniq amalga oshirib, hisobni ochdi – 0:1.

Urilgan goldan so‘ng, ustunlik to‘lig‘icha «Navbahor» tarafiga o‘tdi hamda “lochinlar” hujumni ancha kuchaytirdi. Biroq hujumlar yakuniga yetmadi va jamoamiz tanaffusga 1:0 hisobidagi g‘alaba bilan chiqib ketdi.

Uchrashuvning 2-bo‘limi ham ancha qiziqarli tarzda kechdi. Navoiyliklar maydonda bir kishi kam bo‘lishsada, muvozanatni tiklash, Samvel Babayan shogirdlari esa hisobdagi farqni oshirishga intilishdi. “Qizilqum”ning navbatdagi hujumlaridan birida nigeriyaliya hujumchi Seun Paul Komolafe hisobni tenglashtiriga muvaffaq bo‘ldi – 1:1.

Shundan so‘ng, hujumkorlikni oshirgan namanganliklar hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtda g‘alaba to‘pini kiritishga muvaffaq bo‘lishdi. Rustamjon Ashurmatov boshi bilan Ignatiy Nesterov qo‘riqlayotgan darvozani aniq nishonga olib, “Qizilqum”ning bu yilgi Superligadagi ilk mag‘lubiyatni tan olishga majbur qildi.

Shu tariqa, «Navbahor» safarda turnir peshqadamini mag‘lubiyatga uchratishga muvaffaq bo‘ldi.

O‘zbekiston Coca-Cola Superligasi. 6-tur
“Qizilqum” – “Navbahor” – 1:2 (0:1)
Gollar: Seun Paul Komolafe (75) – Azimjon Ahmedov (33-pen.), Rustamjon Ashurmatov (90+2).
“Qizilqum”: 1.Ignatiy Nesterov (S), 5.Timur Nabiyev, 6.Erkin Baydullayev,  7.Sanjar Shoahmedov, 10.Temurxo‘ja Abduxoliqov, 11.Aleksandr Stanislavlevich, 20.Islom To‘xtaxo‘jayev, 23.SHerali Jo‘rayev, 28.SHuhrat Muhammadiyev, 33.Oleg Zoteev, 88.Artyom Dmitriyev.
Zaxiradagilar: 35.Javohir Ilyosov, 9.Humoyun Abduazimov,14.Fayzulla Qambarov, 17.Salim Mustafoyev, 18.Jasur Azimov, 25.Azizbek Usmonov, 29.Gabriel Gonzalo, 43.Seun Paul Komolafe, 77.Azamatxon Maksumov.   
“Navbahor”: 1.O‘tkir Yusupov, 4.Boyan Siger, 6.Rustamjon Ashurmatov,7.Azimjon Ahmedov (S), 10.Jamshid Iskanderov, 11.Islom Kenjaboyev, 14.Jamshid Boltaboyev, 23.Yovan Jokich, 24.Davronbek Hoshimov, 28.Stanislav Andreev, 32.Zoran Marushich.
Zaxiradagilar: 35.Rahimjon Davronov, 9.Ibrohim G‘anixonov, 17.Ehsoni Panshanbe, 19.Nurillo To‘xtasinov, 22.Igor Golban, 30.Elguja Grigalashvili, 70.Muhammadbobir Mo‘ydinov, 77.Asadbek Sobirjonov, 99.Andrey Sidorov.
Hakamlar: Ilgiz Tantashev, Andrey Sapenko, Timur Gaynullin, Rustam Choriyev.
VAR hakami: Rahimbek Karimov.
VAR assistenti: Aleksandr Sidorov.
Nazoratchi: Dmitriy Roman.
Komissar: Muhammad Sodiq Oxunov.

Manba: www.pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 22:14, 01.05.2022.
O'qildi: 1540 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.