Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/02 01:00 PSJ 2-2 Monako
26/02 01:00 Real Madrid 2-1 Benfika
26/02 01:00 Yuventus 3-2 Galatasaroy
27/02 18:00 Buxoro - Qo‘qon-1912
27/02 18:45 Andijon - So‘g‘diyona
28/02 00:45 Parma - Kalyari
28/02 01:00 Levante - Alaves
28/02 01:00 Vulverhempton - Aston Villa
28/02 17:30 Bornmut - Sanderlend
28/02 18:00 Rayo Valyekano - Atletik Bilbao
28/02 19:00 Komo - Lechche
28/02 20:00 Brayton - Nottingem Forest
28/02 20:00 Byornli - Brentford
28/02 20:00 Liverpul - Vest Xem
28/02 20:00 Nyukasl - Everton
28/02 20:15 Barselona - Vilyarreal
28/02 22:00 Verona - Napoli
28/02 22:30 Malyorka - Real Sosyedad
28/02 22:30 Lids - Manchester Siti

Siz hech qachon Ronalduni ayblay olmaysiz!

Siz hech qachon Ronalduni ayblay olmaysiz!

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted"ning sobiq hujumchisi Dimitar Berbatov agar mankunianliklar Angliya Premyer-ligasining joriy mavsumi yakunida kuchli to‘rtlikka kira olmasa, "qizil iblislar" hujumchisi Krishtianu Ronaldu aybdor bo‘lmasligini aytdi.

"Ronaldu o‘zining yoshi, o‘yin uslubi va urgan gollari uchun ajoyib futbolchi hisoblanadi. Uning yoshida bir mavsumda Premer-ligada shuncha gol urish aql bovar qilmaydigan yutuq. U nima qilishi kerak bo‘lsa, hammasini qildi. 

Endi uning o‘yini avvalgisidan farq qiladi, lekin bir narsa o‘zgarmadi - u gol urishda davom etdi.

Agar u "Manchester Yunayted"ni tark etishga qaror qilsa, biz uni ayblay olmaymiz. Faoliyatingizning har yili UEFA Chempionlar Ligasida o‘ynashga odatlangan bo‘lsangiz va keyin bunday imkoniyatga ega bo‘lmasangiz, buni qabul qilish qiyin", - deya Berbatovning so‘zlarini keltiradi The Sun nashri.

Kiritildi: 11:32, 02.05.2022.
O'qildi: 6040 marta.
Fikrlar: 24 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.