Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/07 20:00 Nasaf 1-0 Qizilqum
28/07 20:00 Xorazm 1-0 Surxon
28/07 20:00 Neftchi 1-1 Navbahor
29/07 20:00 Dinamo - Qo‘qon-1912

«Manchester Siti» vingeri «Tottenxem»ga o‘tib ketishga qaror qildi!

«Manchester Siti» vingeri «Tottenxem»ga o‘tib ketishga qaror qildi!

Baho:
+ | -

«Manchester Siti» vingeri Savio faoliyatini «Tottenxem»da davom ettirishga qaror qildi.

Jurnalist Ben Jeykobsning xabar berishicha, 22 yoshli futbolchi o‘z rejalari haqida «shaharliklar» rahbariyatini allaqachon ogohlantirgan. Qayd etilishicha, braziliyalik vinger o‘tgan yozdayoq «shporlar» safiga ko‘chib o‘tishga tayyor edi, biroq o‘shanda Manchester klubi ushbu kelishuvga rozilik bermagan. Hozirgacha transfer shartlari to‘liq kelishib olinmagan bo‘lsa-da, klublar o‘rtasidagi muzokaralar davom etmoqda.

Transfermarkt portali ekspertlari Savioning transfer qiymatini 35 million yevroga baholamoqda. Ortda qolgan mavsumda futbolchi Angliya vise-chempionlari safida barcha turnirlarda 36 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 4 ta gol va 3 ta golli uzatma yozdirib qo‘ygan.

Kiritildi: 08:44, 29.07.2026.
O'qildi: 823 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик