Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Muhammadkarim Toirov: "Jamoadoshlarimga minnatdorchilik bildiraman"

Muhammadkarim Toirov: "Jamoadoshlarimga minnatdorchilik bildiraman"

Baho:
+ | -

“Andijon” jamoasi “Turon” maydonida mardonavor kurashdi va irodali tarzda g‘alaba qozondi.

O‘yinning 70-daqiqasida Muhammadkarim Toirovning chetlatilishi sababli jamoa qiyin havolga tushib qoldi. Ammo shunga qaramay, futbolchilar katta jasorat ko‘rsatishdi. Biz esa Toirovga ayrim savollar bilan murojaat qildik.

- “Turon”ga qarshi o‘yin his-hayajonga boy bo‘ldi. Bu kabi bellashuvdan so‘ng nimalarni aytgan bo‘lardingiz?

- Avvalambor, Andijondan kelib bizga kuch-quvvat berib turishgani uchun barcha ishqibozlarimizga rahmat aytaman. Maydonda ikkala jamoa ham kuchli o‘yin ko‘rsatdi. Xudo omadimizni berdi va biz g‘alaba qozondik. Shu o‘rinda aytmoqchimanki, jamoamni qiyin ahvolga tushirib qo‘yganim uchun barchadan uzr so‘rayman. Baribir Xudoni aytgani bo‘ladi, shukurki, biz g‘alaba qozondik. Keyingi uchrashuvlarda bundan-da, chiroyli o‘yinlar ko‘rsatib muxlislarimizni xursand qilishda davom etamiz.

- Qizil kartochka ko‘rsatilgan vaziyatda o‘zi nima bo‘ldi? Hakam to‘g‘ri ko‘rsatdimi?

- Birinchi vaziyatga kelsak, o‘yin boshidanoq hakam birinchi qo‘pollik uchun sariq kartochka ko‘rsatib yubordi. Bunday bo‘lishi mumkin emas. Qoida buzildimi, hakam avvaliga og‘zaki ogohlantirib qo‘yishi kerak edi. Ammo u bunday qilmasdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri sariq kartochkani ko‘rsatdi, nimaga bunday qildi, bilmadim. Ikkinchi holatga kelsak, to‘g‘ri ulgurmay qoldim, ammo aslida sariq kartochkaga ham u qadar tortmasdi.

- Maydondan chetlatilganingizdan keyin nimalarni o‘yladingiz?

- Jamoamizni qiyin vaziyatga solib qo‘ydim, bu mening aybim, tan olaman. Lekin jamoadoshlarimga minnatdorchilik bildiraman. Ular maydonda shunchalik borini berib kurashishdi.

- Oxirgi daqiqada gol urib yutib ketdik. Holbuki, durang qayd etilayotgandi. So‘nggi daqiqada g‘alaba goli urilishini kutganmidingiz?

- “Turon” hisobni tenglashtirganida ahvolim yanada qiyinlashib qoldi. Chunki jamoam og‘ir ahvolda qolgani va yordam bera olmayotganim uchun ich-ichimdan siqilib o‘tirdim. O‘zimni nihoyatda noqulay his qildim. Ammo Alloh kuch-quvvat berdi va jamoadoshlarim ikkinchi golni urishdi. Yana bir bor jamoamdagilarga katta rahmat. Bu holat menga “signal” bo‘ldi. Keyingi safar endi o‘ylanibroq, ehtiyotkor bo‘lib harakat qilaman. Jamoadoshlarimni bunday qiyin ahvolga solib qo‘ymoqchi emasman. Bilasizmi, jamoamiz gol urishini kutayotgandim va buning uchun Xudodan so‘rayotgandim. Yechinish xonasida o‘tirgandim, hisob 1:1 va men juda tushkun ahvolda edim. Ammo umid qilishni to‘xtatmadik. Allohga behisob shukr, yakunda biz g‘olib chiqdik.

Manba: "Андижон" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 20:45, 02.05.2022.
O'qildi: 1114 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.