Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

Baxtiyor Ashurmatov: «Bu olti ochkolik o‘yin edi»

Baxtiyor Ashurmatov: «Bu olti ochkolik o‘yin edi»

Baho:
+ | -

“Qo‘qon-1912” – “Nasaf”  uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida qo‘qonliklar bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov qatnashdi.

O‘yin haqida
— Avvalo, Ramazon hayit bayrami bilan O‘zbekiston xalqini tabriklayman. Futbolchilarga o‘tgan turda mag‘lubiyatga uchradik, bugungi uchrashuvda borimizni berib, qo‘qonlik muxlislarga bayramga sovg‘a qilishimiz kerakligini ta’kidlagandim. Afsuski, oxirgi paytlarda omad bizdan yuz o‘giryapti. Tan olish kerak kamida durangga mos o‘yin edi. “Nasaf” Osiyo Chempionlar ligasida juda tig‘iz taqvimda o‘ynab O‘zbekiston sha’nini munosib himoya qilib keldi. Ularni keyingi bosqichga chiqishgani bilan tabriklayman va omad tilayman. Lekin har safar mag‘lubiyatga uchrab, raqib jamoani g‘alaba bilan tabriklash murabbiy uchun juda og‘ir. Bugun ikkita hujumchi bilan o‘ynab hujumkor taktikani tanladik. Baribir tan olishimiz kerak, vaziyatlarni kam yaratdik.

— Gol o‘tkazilgan holatni qanday baholaysiz? Darvozabon yiqilib jarohat olgandek ko‘rindi.
— Bunaqa vaziyatlarda hakamlar ko‘pincha darvozabonlarning foydasiga qaror chiqarishadi. Ammo bu  savol provakasion savolga o‘xshab qolyapti. Hozir qiziqqonlik bilan noto‘g‘ri fikr bildirib qo‘yishim mumkin. Yutqazdik, bo‘lar ish bo‘ldi. Darvozabonimizga aytdim, urildimi, boshqa bo‘ldimi, nima bo‘lganda ham to‘p nazorati bizda emasmi, oxirigacha o‘ynab qo‘yish kerak edi. Hammaga yutuq kerak. “Nasaf” oxirigacha o‘ynadi, ularni ham ayblash qiyin. Hamma gap-so‘zlar unutiladi, natija qoladi. Yutqazdik, biz murabbiylar aybdormiz. Qo‘qonlik muxlislar oldida uyatdamiz, hijolatdamiz. Chunki ular oxirigacha qo‘llab-quvvatlashdi. Afsuski, durang natijani ham ushlab qola olmaganimiz juda alamli. Jamoamizda jarohatlar ko‘pligi uchun raqobat ham yo‘q. Uyda o‘ynaganimiz sababli hujumga ko‘proq e’tibor berishimiz kerak edi. Shahzod Nurmatov jarohat olgach, o‘yin oxirida yaqqol hujumchisiz qolib ketdik. Keyingi o‘yinga tayyorgarlik ko‘ramiz. Murabbiylar shtabi nomidan muxlislardan uzr so‘raymiz. To‘g‘ri, uzr so‘rash bilan ish bitmaydi. Vaziyatni to‘g‘rilashga harakat qilamiz. Bu olti ochkolik o‘yin edi. Durang bo‘lganida ham biz turnir jadvalida normal holatda qolgan bo‘lardik. Hozir pastki pog‘onadagi jamoalar bizga yaqin turibdi. Bu “Qo‘qon-1912”ga mos emas. Biz murabbiylar yechim topishimiz kerak. Muxlislarga ham, rahbarlarga ham g‘alaba zarur. Albatta, rahbariyat vaziyatni to‘g‘ri tushunyapti va bizni qo‘llab-quvvatlayapti. Buning uchun ularga minnatdorchilik bildiramiz. Lekin bu holat futbolda uzoq davom etmaydi. Futbolchining va murabbiyning hayoti o‘yindan-o‘yingacha. Natija bormi, murabbiyning ishi ko‘zga ko‘rinadi. Natija yo‘qmi, demak, murabbiy qayerdadir xatoga yo‘l qo‘ygan yoki reytinggi o‘z-o‘zidan tushadi. Shu bois vaziyatni to‘g‘rilashimiz kerak, boshqa yo‘limiz yo‘q.

Manba: https://t.me/FCKOKAND
Kiritildi: 22:50, 02.05.2022.
O'qildi: 1210 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.