«Real»ning sobiq futbolchisi Guti poytaxt klubi hujumchisi Karim Benzemaning o‘yini haqida gapirdi.
«Benzema - dunyoning eng yaxshi hujumchisi, u «Oltin to‘p»ni olishi kerak. To‘purar sifatida bunday natija ko‘rsatishini kutmagandim.
U bir zumda o‘rtachadan yuqori darajaga chiqdi. Bu «Real Madrid» uchun foydali bo‘ldi. Krishtianu Ronaldu ketgach, gollar kerak edi va u gol urmoqda», - deya iqtibos keltiradi Guti.
Karim Benzema joriy mavsumda «Real» safida 42 ta o‘yinda maydonga tushib, 42 ta gol va 13 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.