Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo

Yevrofutbol-2021/2022ning eng samarali hujum duetlari

Yevrofutbol-2021/2022ning eng samarali hujum duetlari

Baho:
+ | -

Karim Benzema - Vinisius Junior juftligi qo‘rqinchlimi yoki Robert Levandovski - Serj Gnabri tandemi? Albatta, eng samarali duetlar ko‘rsatkichlari asosida tuzilgan reyting ko‘pchilikni qiziqtirsa kerak. 

Reyting bo‘yicha ma’lumot: 

- UYEFA tasnifi bo‘yicha Yevropaning kuchli 10ta milliy chempionatida o‘ynayotgan hujumchilar juftligi natijalari e’tiborga olingan.

- Reytingda nafaqat ichki chempionatlar, balki milliy kuboklar, shuningdek, CHL, YEL hamda KLda urilgan gollar va samarali uzatmalar hisobga olingan. Superkubok uchun o‘yinlar statistikasiga esa qaralmagan.

- Reyting ikki futbolchining samarali harakatlari (gol va golga olib kelingan uzatma) yig‘indisiga asosan shakllantirilgan.

- Reyting 20 aprel kungi holat bo‘yicha tuzilgan.

  1. «A» seriyaning eng yorqin juftligi: Chiro Immobile - Sergey Milinkovich-Savich. Serbiyalik markaziy yarim himoyachining 20ta samarali harakati italiyalik faxriy natijasiga jiddiy qo‘shimcha, albatta. Diqqat, «Lasio» juftligi Italiya chempionatining «Gol+pas» tizimi bo‘yicha jadvalida 2-bo‘lib turgan «Inter» hujum tandemi (Edin Jeko - Lautaro Martines)ni naq 10 ochkoga ortda qoldirmoqda.
  2. Denis Undav - Dante Vanzeir - kutilmagan duet, to‘g‘rimi? O‘tgan mavsum Belgiya chempionati ikkinchi divizionini «yondirgan» bu juftlik endi Yupiler ligada ham to‘xtamayapti. «Union» (Bryussel) asosan shu ikki futbolchining samarali harakatlari evaziga ligada peshqadamlik qilmoqda. Darvoqe, Undav qishda «Brayton» bilan shartnoma tuzishga ulgurdi, endi Vanzeir tezroq bir to‘xtamga kelishi kerak. Albatta, unga ham xaridorlar yetarli.
  3. Erling Xoland joriy mavsum jarohat tufayli ko‘plab o‘yinlarni o‘tkazib yubordi, shunga qaramay, aprel oyi o‘rtalariga qadar 25ta gol yig‘ishni uddaladi. 32 yoshli Marko Roys esa faoliyatidagi eng samarali mavsumlardan birini munosib davom ettirmoqda. Vaholanki, germaniyalik futbolchini ham odatiy jarohatlar tinch qo‘yayotgani yo‘q. Katta ehtimolki, joriy mavsum bu duet uchun oxirgisidir. Har holda, Xolandni «Manchester Siti» va boshqa grand klublarda kutishmoqda. 
  4. «Portu» joriy mavsum ichki birinchilikda mag‘lubiyatsiz odimlamoqda. Hattoki, Luis Diasning «Liverpul»ga yo‘l olgani ham «ajdarlar»ga ta’sir qilgani yo‘q. To‘g‘ri, kolumbiyalik vinger yarim mavsumda «Gol+pas» tizimida 22 ochko to‘plagandi va yozgacha jamoada qolganida, Mehdi Taremi bilan juftlikda yanada jiddiy statistika qayd etardi ehtimol... Lekin eronlik hujumchining hozirgi asosiy sherigi Evanilson ham chakki emas.
  5. «Liverpul»da Luis Dias hozircha hujum harakatining asosiy to‘lqini maqomidan yiroqda, to‘g‘ri unda moslashuv jarayoni yaxshi boshlandi. «Qizillar» hujumida bosh qahramon hamon Muhammad Salohdir, garchi misrlik futbolchi 2022 yil boshida milliy jamoasi bilan alamli mag‘lubiyatlarni tan olgach, orada ancha vaqt gol urolmagan bo‘lsada. Portugaliyalik Diogo Jota esa barqaror. U deylik, Sadio Mane va Roberto Firminodan ko‘proq gol yaratmoqda.
  6. «Benfika» CHL 1/8 finalida «Liverpul» bilan o‘ynadi. Darvin Nunyes har ikki o‘yinda gol urgan bo‘lsa, Rafa Silva assistentlik rolini bajardi. Yozda bu yigitlarga jiddiy klublar talabgor bo‘lishi aniq. Deylik, hozirda «Bavariya», «PSJ», «Atletiko» va APL klublari 22 yoshli Nunyesga «ov» boshlagan. Taxmin qilinishicha, savdo 80 million yevrodan boshlanadi.

4. Kristofer N~Kunku «RB Leypsig» safida joriy mavsum boshidan dahshatli o‘ynamoqda. Bosh murabbiy lavozimiga Domeniko Tedesko tayinlanishi bilan Andre Silva ishlari ham yurishib ketdi. Umuman olganda, «qizil buqalar»da hammasi yaxshi: Germaniya kubogi va YEL yarim finaliga chiqishdi, Bundesligada ham medal olishga da’vogarlar.

  1. Robert Levandovski ehtimol, «Bavariya»da oxirgi mavsumini o‘tkazayotgandir. Polshalik hujumchi yildan yilga effektni oshirib, qatorasiga 7 mavsum 40ta gol marrasidan o‘zdi. Lekin uning Myunxen klubidagi eng yuqori nuqtasi ortda qolgan ko‘rinadi. Serj Gnabri esa - kelajak.

2. Kilian Mbappega alohida maqtov yo‘llash kerak - «PSJ»dan ketishi kutilayotgan yosh hujumchi mavsum-2021/2022da cidqidildan ishladi. 54ta samarali harakat - bu katta natija. Neymar va Lionel Messi aksincha, kutilgan samara keltira olishmadi. Ha, Leo «Gol+pas» tizimida 21 ochko yig‘di, ammo argentinalikdan bundan ko‘pini kutishgandi, albatta.

  1. Reyting cho‘qqisi ham fransiyalik va Janubiy amerikalik futbolchilar tandemiga tegishli. Karim Benzema - Vinisius Junior juft­ligi «Real» raqiblariga mislsiz darajada qo‘rquv uyg‘otmoqda. Tushunarliki, jami 82ta samarali harakat - bu 82 gol. Ehtimol, juftlik finishga qadar «Gol+pas» tizimida 100 ochko marrasiga ham yetar hali...

Joriy mavsum Yevropaning kuchli 10ta ligasi va yevrokuboklarda «Gol+pas» tizimi bo‘yicha eng ko‘p ochko to‘plagan juftliklar (20 aprel kungi holat)

Juftlik

Klubi (liga)

Gol/pas + Gol/pas

Jami

Ochko

10

Chiro Immobile (Italiya)/Sergey Milinkovich-Savich (Serbiya)

«Lasio» («A» seriya)

30/4 + 9/11

39/15

54

9

Denis Undav (Turkiya)/Dante Vanzeir (Belgiya)

«Union (Yupiler liga)

26/10 + 14/10

40/20

60

8

Erling Xoland (Norvegiya)/Marko Roys (Germaniya)

«Borussiya» D. (Bundesliga)

25/8 + 12/16

37/24

61

7

Mehdi Taremi (Eron)/Evanilson (Braziliya)

«Portu» (Primero)

22/17 + 20/5

42/22

64

6

Muhammad Saloh (Misr)/Diogo Jota (Portugaliya)

«Liverpul» (APL)

28/11 + 21/4

49/15

64

5

Darvin Nunyes (Urugvay)/Rafa Silva (Portugaliya)

«Benfika» (Primero)

33/4 + 10/18

43/22

65

4

Kristofer N~Kunku (Fransiya)/Andre Silva (Portugaliya)

«RB Leypsig» (Budesliga)

30/19 + 15/8

45/27

72

3

Robert Levandovski (Polsha)/Serj Gnabri (Germaniya)

«Bavariya» (Bundesliga)

45/6 + 15/9

60/15

75

2

Kilian Mbappe (Fransiya)/Lionel Messi (Argentina)

«PSJ» (Liga 1)

32/22 + 8/13

40/35

75

1

Karim Benzema (Fransiya)/Vinisius Junior (Braziliya)

«Real» (La Liga)

37/12 + 16/17

53/29

82

A.AHMEDOV tayyorladi

Manba: iff.uz
Kiritildi: 23:41, 04.05.2022.
O'qildi: 3320 marta.
Fikrlar: 18 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.