BILD nashri xabariga ko‘ra, "Arsenal", "Manchester Yunayted" va "Yuventus" Dortmundning "Borussiya" klubining shveysariyalik himoyachisi Manuel Akanjiga qiziqish bildirmoqda.
Manbaning xabariga ko‘ra, Yevropa top-klublari yozgi transfer oynasida futbolchi sotib olish variantini ko‘rib chiqmoqda. Dortmundning "Borussiya" klubi Akanjini sotishga rozi bo‘lishi mumkin, chunki uning shartnomasi bir yildan keyin tugaydi va u kelishuvni uzaytirishdan bosh tortdi.
Joriy mavsumda 26 yoshli himoyachi “Borussiya” safida barcha turnirlar doirasida 34 ta o‘yin o‘tkazib, 1 ta gol urishga erishdi.