Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Pele "Real" va Rodrigoni tabrikladi

Pele "Real" va Rodrigoni tabrikladi

Baho:
+ | -

Jahon futboli afsonasi Pele “Real” hujumchisi Rodrigoni Chempionlar ligasi yarim finalidagi “Manchester Siti”ga qarshi javob uchrashuvidan so‘ng (3:1) tabrikladi.

“Do‘stim, seni tabriklaydigan kun kelishini doim bilardim. Qattiq mehnat qiladigan va o‘z ishini sevadiganlar uchun boshqa iloj yo‘q. Senda katta iste’dod bor va bizga ko‘proq quvonch keltirishda davom etasan, Rodrige.

Tabriklaymiz, "Real!". Finalni kuta olmayman”, - deb yozdi Pele ijtimoiy tarmoqda.

Rodrigo Pelening tabriklariga javob qaytardi.

“Bu so‘zlaringiz uchun rahmat, qirol! Men sizning maslahatlaringizni hech qachon unutmayman va doimo minnatdor bo‘laman", - deb yozadi Rodrigo.

Ikkinchi bo‘lim o‘rtalarida zaxiradan maydonga tushgan 21 yoshli hujumchi “Manchester Siti” darvozasini ikki bor ishg‘ol qildi. Rodrigoning gollari "Real Madrid"ga uchrashuvni qo‘shimcha bo‘limga o‘tkazish imkonini berdi.

Madridning “Real” klubi “Manchester Siti”ni umumiy hisobda 6:5 hisobida mag‘lub etdi. Chempionlar ligasi finalida “qaymoqranglilar” “Liverpul”ga qarshi bahs olib boradi.

Kiritildi: 22:24, 05.05.2022.
O'qildi: 1912 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик