"Barselona"ning markaziy himoyachisi Oskar Mingesa faoliyatini Fransiyada davom ettirishi mumkin, deya xabar berdi Mundo Deportivo.
Manbaga ko‘ra, nomi oshkor qilinmagan ikki Liga-1 klubi ispaniyalik himoyachini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.
22 yoshli Mingesa joriy mavsum Kataloniya klubi safida 24 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta golli uzatma amalga oshirdi. Uning amaldagi shartnomasi 2023 yilgacha mo‘ljallangan.