Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/12 00:45 Torino 2-3 Milan
09/12 01:00 Vulverhempton 1-4 Man. Yunayted
09/12 01:00 Osasuna 2-0 Levante
09/12 15:00 Matida Zelviya 3-1 Ulsan Xyonde
09/12 15:00 Vissel Kobe 2-2 Chengdu Rongcheng
09/12 17:15 Buriram Yunayted 2-2 Kangvon
09/12 17:15 Johor Dorul Ta'zim 0-0 Shangxay Port
09/12 20:30 Qayrat 0-1 Olimpiakos
09/12 22:45 Bavariya 3-1 Sporting
10/12 01:00 Monako 1-0 Galatasaroy
10/12 01:00 Atalanta 2-1 Chelsi
10/12 01:00 Barselona 2-1 Ayntraxt F
10/12 01:00 Inter 0-1 Liverpul
10/12 01:00 PSV 2-3 Atletiko
10/12 01:00 Tottenhem 3-0 Slaviya
10/12 01:00 Yunion 2-3 Marsel
10/12 15:00 Seul 1-1 Melburn Siti
10/12 15:00 Sanfrechche Xirosima 1-0 Shanghai Shenhua
10/12 22:45 Qorabog‘ - Ayaks
10/12 22:45 Vilyarreal - Kopengagen
11/12 01:00 Atletik Bilbao - PSJ
11/12 01:00 Bayer - Nyukasl
11/12 01:00 Borussiya D - Bude-Glimt
11/12 01:00 Bryugge - Arsenal
11/12 01:00 Yuventus - Pafos
11/12 01:00 Real Madrid - Manchester Siti
11/12 01:00 Benfika - Napoli

Shahram G‘iyosov: «Yangi vaznga o‘tganim uchun maza qilib ovqatlandim. Chempionlik kamarlari men kutmoqda» (video)

Shahram G‘iyosov: «Yangi vaznga o‘tganim uchun maza qilib ovqatlandim. Chempionlik kamarlari men kutmoqda» (video)

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Intervyular

Professional boksning super yengil vazn toifasida harakat qilayotgan Shahram G‘iyosov 7 maydan 8 mayga o‘tar kechasi Las-Vegasda (AQSH) o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazdi. O‘zbekistonlik bokschi meksikalik Kristian Gomesga qarshi 10 raund jang o‘tkazib, ochkolar bo‘yicha g‘alabani qo‘lga kiritdi. Shahram jangdan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Bugungi jangimdan qoniqish hosil qildim. Men o‘z vaznimni oshirdim. Bugun har jihatdan yaxshi harakat qildim. Mashg‘ulotda ishlagan rejalarimizning barchasini amalga oshira oldim. Men katta janglarga tayyorman. Muxlislar uchun ajoyib shou tashkil etishni istayman.

Raqibim haqida to‘xtaladigan bo‘lsam, u yaxshi jangchi. U taklifni qabul qilib, men bilan jang qilishga rozi bo‘lgani uchun minnatdorchilik bildiraman. U munosib jang qildi va meksikaliklarga xos xarakter namoyish eta oldi. Zarbalarni o‘tkazib yuborib, nokdaunga uchragan bo‘lsa-da, o‘rnidan tura oldi va jangni davom ettirdi. Undan minnatdorman.

Men esa katta janglarga tayyor ekanimni yana bir marta ta’kidlayman. Aynan shuning uchun ham mashg‘ulot o‘tkazyapman, shuning uchun ham hozirda oilamdan uzoqdaman. Faqat oldinga intilaman va bu bilan cheklanib qolmayman. Men barcha chempionlik kamarlarini qo‘lga kiritmoqchiman. Bu mening asosiy maqsadim.

Ha, bugun nokaut bilan g‘alaba qozonmadim. Ammo mashg‘ulotda ishlangan rejani amalga oshirdim. Yaxshi jang olib borayotgandim, tavakkal qilishga hojat yo‘qligini bilardim. Muxlislarning olqishi menga zavq berayotgandi. Har bir raundda g‘alaba qozonib borayotgan paytda tavakkalga ne hojat? O‘zimni yaxshi his qildim va o‘z ishimni oxiragacha bajardim.

Vazn o‘zgartirish tayyorgarlikka qanday ta’sir ko‘rsatdi? Eng muhimi, men tayyorgarlik jarayonida to‘laqonli ovqatlana oldim. Maza (kuladi). Yetarlicha ovqatlandim va mehnat qildim. Vazn haqida o‘ylaganim yo‘q. Har bir mashg‘ulotdan zavq oldim. Tezroq ringga chiqishni istadim. Menga imkoniyat bergan promouterlarimga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Oldinga intilaman. Kamarlarim meni kutib turibdi", — dedi Shahram.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 09:13, 08.05.2022.
O'qildi: 3208 marta.
Fikrlar: 17 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.