"Tottenxem" bosh murabbiyi Antonio Konte London klubini tark etishi mumkin.
La Gazzetta dello Sport nashri xabariga ko‘ra, 52 yoshli italiyalik mutaxassis klub rahbariyatiga ultimatum qo‘ygan, ya’ni "shporlar" yozda katta transferlarni amalga oshirishi va jamoa chempionlik uchun kurashga qaytishi kerak. Aks holda Konte "Tottenxem"ni tark etadi.
Ma’lumot o‘rnida, o‘tgan yilning kuz oyida Konte "shporlar" boshqaruviga kelgan. "Tottenxem" ayni damda 62 ochko bilan Angliya Premyer-ligasida 5-o‘rinni egallab turibdi.