Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli 1-0 Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna 3-2 Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest 0-0 Arsenal
18/01 00:45 Kalyari 1-0 Yuventus
18/01 01:00 Betis 2-0 Vilyarreal
18/01 16:30 Parma 0-0 Jenoa
18/01 18:00 Xetafe 0-1 Valensiya
18/01 19:00 Bolonya 1-2 Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton 0-0 Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko 1-0 Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan - Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad - Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona

Luisma Ernandes: "Klub siyosati mahalliy o‘yinchilarni tarbiyalab yetishtirish"

Luisma Ernandes: "Klub siyosati mahalliy o‘yinchilarni tarbiyalab yetishtirish"

Baho:
+ | -

Superliganing 8-turidan o‘rin olgan "Bunyodkor" - "Metallurg" (1:1) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Luisma Ernandes matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O‘yin haqida

- Shiddatli o‘yin bo‘ldi. Har ikki jamoa g‘alaba uchun o‘ynadi. Vaziyatlar ko‘p yuzaga keltirilgan bo‘lsa-da, yakunda durang natija qayd etildi.

- Raqibni sinchkovlik bilan o‘rganish ispaniyalik murabbiylarga xos holat shekilli. Bugun "Metallurg" 10 kishi bo‘lib qolgan bo‘lsa ham mezbonlarga bo‘sh xudud qoldirmadi. Raqibni qay darajada o‘rgandingiz va kimdan xavf kutgandingiz?

- Har qanday murabbiy raqibni o‘rganadi. Biz ham “Bunyodkor"ning o‘yin uslubini o‘rganib chiqdik. Hujumda qanday harakat qiladi, himoyada qanday o‘ynaydi, shunga yarasha o‘yin uslubimizni tanladik, o‘yinimizni tashkil etdik.

- “Metallurg”dan haqiqiy ispancha futbolni qachon ko‘ramiz? Bu jarayon qiyin kechayotgandek taassurot uyg‘otmoqda...

- O‘tgan turda "Qizilqum" bilan o‘ynadik, o‘sha bahsni ko‘rib chiqishingizni tavsiya qilaman. Bugun maydonda 10 kishi bo‘lib qoldik, shunga qaramay vaziyatlar yarata oldik. Bu o‘yinning ham tasmasini qayta kuzatib chiqing. Futbolda faqat chiroyli o‘ynab natijaga erishib bo‘lmaydi. Vaziyatlardan foydalanishni ham bilish kerak. Birinchi bo‘limdan keyin hisob 1:0 edi, ikkinchi bo‘lim boshidayoq bir futbolchimiz chetlatildi. Bir vaziyatda penalti bo‘lgandek ko‘rindi, ammo bu xolat ko‘rib chiqilmadi. Shularga qaramasdan bugun g‘alaba uchun ishtiyoq bilan o‘ynadik.

- Hakamlik haqida fikringiz qanday? Bir vaziyatda ularga jiddiy e’tiroz bildirdingiz?

- Umuman olganda yaxshi hakamlik bo‘ldi. O‘yin shiddatli kechgani sabab har bir vaziyatga e’tibor qaratishlarini istadim. Bir vaziyatni inobatga olmasa qolgan barcha xolatda hakamlar o‘z ishlarini yaxshi bajarishdi. Har bir harakatlarim hakamlarga nisbatan hurmat yuzasidan amalga oshirildi. O‘yin yakunida ularga qo‘l berib minnatdorchilik bildirdim.

- "Metallurg"ga davralar oralig‘ida ispaniyalik futbolchini olib kelib jamoa o‘yinini kuchaytirish rejasi yo‘qmi?

- Klub siyosati mahalliy futbolchilarni tarbiyalash, iste’dodlarni kashf etish va ular asosiga o‘yinni qurishdir. Legionerlarni jalb etish bizning rejamizda yo‘q. Mahalliy futbolchilarni jalb etishimiz, yoshlarni tarbiyalashimiz kerak. Jarohatlar sabab o‘yinimiz ozgina pasaydi. Masalan tajribali futbolchi Fozil Musayev jarohat tufayli safdan chiqdi. Ibragimov endigina safga qaytdi. Barcha jarohatlangan futbolchilarimiz safimizga tez orada qaytishadi va o‘yinimiz yaxshi tomonga o‘zgaradi deb o‘ylayman.

Manba: "Металлург" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 00:01, 11.05.2022.
O'qildi: 956 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.