Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

Yana OCHL va uning atrofidagi qiziqarli «gaplar»...

Yana OCHL va uning atrofidagi qiziqarli «gaplar»...

Baho:
+ | -

OCHL «G‘arb» mintaqasi guruh bosqichi o‘yinlari yakunlangach, klublar reytingiga nazar solamiz.

Endi ushbu ro‘yxat 18 maydan keyin, ya’ni OFK kubogi guruh bosqichi «G‘arb» va «Janub» sub-mintaqalaridagi o‘yinlar boshlangach o‘zgarishi mumkin. Umuman, OFK kubogi bahslari ham yuqoridagi 6ta mamlakat holatini o‘zgartirmaydi. Qolaversa, O‘zbekiston kamida 2023 yilning fevraligacha 2-o‘rindan tushmaydi. Biz Eronni 0,555 ballga ortda qoldiryapmiz va bu farq iyunda, «So‘g‘diyona» OFK kubogidagi ishtirokini boshlaganda yana oshadi. OFK kubogida Eron hamda Qatar (O‘zbekistondan 2,580 ball ortda)dan vakil yo‘q. «Istiqlol»ning g‘alabasi Tojikistonni umumiy ro‘yxatda 11-o‘ringa (Xitoy ortda qoldirildi) va «G‘arb» mintaqasida 7-o‘ringa olib chiqdi. OCHL-2024/2025ning 2ta yo‘llanmasini kafolatlaydigan 6-pog‘onadagi Iordaniya bilan oradagi farq - 5 ball. Undan o‘zib ketish qiyin, lekin imkoni bor. Barchasi OFK kubogi natijalariga bog‘liq.

***

- «Johor» OCHL 1/8 finaliga chiqdi, baribir. O‘yinga qo‘shib berilgan 3-daqiqadagi avtogol tufayli. «Johor Darul Ta’zim»ning 70 foiz aksiyasi sohibi, Malayziya sultonligi valiahd shahzodasi Tunku Ismoil Idrisning quvonch ko‘z yoshlarini tiya olmadi. «Johor»ning OFK kubogi-2010dagi o‘yinida komissar sifatida ishlagandim va jamoa turnirning yaqqol autsayderi edi. Muxlislarda ham, matbuotda ham qiziqish nol darajasida bo‘lgandi. «Johor» o‘shanda xaroba stadionda o‘ynagandi. Mana, klub 12 yil o‘tib, OCHL-2020 g‘olibini ortda qoldirgan holda, 1/8 finalga yo‘l oldi. Bu guruh o‘yinlari Johor-Baru shahrida 2 yil oldin 55 million dollar evaziga qurilgan sig‘imi 40 mingga teng «Sulton Ibrohim» stadionida o‘tkazildi. Arena ochilish marosimi lavhalarini ko‘rsangiz, Malayziya futbolidan o‘rganadigan narsa yo‘qligini aytishingiz mushkul... 

*** 

- Xo‘sh, OCHL guruh bosqichida qaysi klublar yoqimsiz an’anaga chek qo‘yishning uddasidan chiqdi va chiqmadi?

«Al-Rayyan» - guruhdan chiqdi 
«Johor Darul Ta’zim» - guruhdan chiqdi 
«Nasaf» - guruhdan chiqdi
«Kitchi» - guruhdan chiqdi 
«Al-Vihdat» - guruhdan chiqolmadi.

***

- «Paxtakor» OCHL-2022 guruh bosqichi so‘nggi uchrashuvida OCHLdagi 50-g‘alabasini nishonlab, Osiyoning ushbu ko‘rsatkichga erishgan 4-klubiga aylandi.

OCHLdagi g‘alabalar soni bo‘yicha top-10:

74ta - «Al-Hilol» 
66ta - «Chonbuk Motors»
50ta - «Al-Ittihod»
50ta - «Paxtakor»

48ta - «Al-Ayn»
47ta - «Ulsan Xyunday»
45ta - «Al-Sadd»
43ta - «Al-Ahli»
43ta - «Al-Duhayl»
40ta - «FK Guanjou»
40ta - «Al-SHabab»

OCHLda urilgan gollar bo‘yicha top-10:

253ta - «Chonbuk Motors» 
241ta - «Al-Hilol»
181ta - «Al-Sadd»
180ta - «Al-Ayn»
178ta - «Al-Ittihod»
160ta - «Paxtakor»

159ta - «Al-Ahli»

153ta - «FK Guanjou»

150ta - «Gamba Osaka»

143ta - «Al-Duhayl»

OCHLdagi o‘yinlar soni bo‘yicha top-10:

149ta - «Al-Hilol»
127ta - «Chonbuk Motors»
123ta - «Al-Sadd»
121ta - «Al-Ayn»
116ta - «Paxtakor»
99ta - «Al-Ahli»
97ta - «FK Guanjou»
93ta - «Al-Ittihod»
92ta - «Istiqlol» (Eron)
90ta - «Sepahon»

OCHLda to‘plangan ochkolar bo‘yicha top-10 (asosiy vaqtdagi g‘alaba uchun 3, durang uchun 1 ochko):

263ta - «Al-Hilol» 
223ta - «Chonbuk Motors»
180ta - «Al-Ayn»
174ta - «Paxtakor»

174ta - «Al-Sadd»
171ta - «Al-Ittihod»
156ta - «Al-Ahli»
155ta - «Ulsan Xyunday»
149ta - «Al-Duhayl»
146ta - «FK Guanjou»

Alisher NIKIMBAYEV, «Futbolium»

Manba: iff.uz
Kiritildi: 12:18, 11.05.2022.
O'qildi: 4229 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.