Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/05 15:00 Komo 1-0 Parma
17/05 15:00 Jenoa 1-2 Milan
17/05 15:00 Yuventus 0-2 Fiorentina
17/05 15:00 Piza 0-3 Napoli
17/05 15:00 Roma 2-0 Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted 3-2 Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter 1-1 Verona
17/05 19:00 Everton 1-3 Sanderlend
17/05 19:00 Brentford 2-2 Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids 1-0 Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton 1-1 Fulhem
17/05 21:00 Atalanta 0-1 Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl 3-1 Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano 2-0 Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko 1-0 Jirona
17/05 22:00 Osasuna 1-2 Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao 1-1 Selta
17/05 22:00 Elche 1-0 Xetafe
17/05 22:00 Levante 2-0 Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad 3-4 Valensiya
17/05 22:00 Sevilya 0-1 Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo 0-1 Alaves
17/05 23:45 Kalyari 2-1 Torino
17/05 23:45 Sassuolo 2-3 Lechche
17/05 23:45 Udineze 0-1 Cremonese
18/05 00:15 Barselona 3-1 Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti

Sovrindor, kamtarin, noyob iste’dod sohibi...

Sovrindor, kamtarin, noyob iste’dod sohibi...

Baho:
+ | -

Andres Inyesta 38 ga kirdi. “Andras Inyesta futboldan ketsa, futbol kimdan ayrilganini bilib oladi!” Bu gap marhum Tita Vilanovaga tegishli.

Hozir Inyestaning uyiga borsak, menimcha, bir xona to‘la kubok bo‘lsa kerak. Qo‘lga kiritilgan sovrinlari Messinikidan ko‘proqligiga ishonaman. To‘g‘ri, “Barsa”da ikkisi bir xil natijalar qayd etishgan, ammo Leo Ispaniya termasida o‘ynamagan-ku, to‘g‘rimi?!

Men bu yigitni ilk bora barcha yurtdoshlarimiz singari 2003 yilgi yoshlar o‘rtasidagi JCHda ko‘rganman. Inyesta o‘shanda O‘zbekiston yoshlari darvozasiga yagona golni urgandi. Bu yigitning eng porloq onlari, albatta, Kataloniya superklubining tizimidagi o‘zgarish davriga to‘g‘ri keladi. Andreas Xavi va Messi bilan shunday bir uchlik bo‘ldiki, bu uchlikka qarshi o‘ynab bo‘lmay qoldi. Ular futbolni o‘zgartirib yuborishdi. Bu uchlik ichida menimcha eng ko‘p ishni Inyesta amalga oshirgan...

Andres alohida olinganda ham o‘z uslubiga ega nodir futbolchidir. Uning to‘p bilan original harakati – raqibni aylanib aldab o‘tishi haligacha betakror hisoblanadi. Fe’lan o‘ta kamtarin bo‘lgan qahramonimizdan kamida bitta “Oltin to‘pi”ni olib qo‘yishganini ham bilamiz. Lekin u bunaqa narsalarga e’tibor bermaydi. O‘ynayveradi.

16 yil davomida maydon markazida hokimlik qilgan bu yigit klubning nurli davrlarida asosiy motor edi. 2010 yili Ispaniya termasiga jahon chempionligini taqdim etgan golni yo‘llaganini har bir ispaniyalik bolakay rohatlanib eslasa, Barsa muxlislari 2009 yili Chelsi darvozasiga yo‘llagan supergolini unuta olmaydilar. Gollar uning asosiy fishkasi emas, albatta. Inyesta maydonni o‘qiy bilishi, hujumni boshqa tomonga ko‘chira olishi bilan dong taratgan.

Gvardiolaning murabbiylik davridagi Inyesta o‘yinlarini takrorlash imkonsiz, deb o‘ylaymiz.

Xayrulla Hamidov.

Manba: https://t.me/xayrulla_hamidov
Kiritildi: 18:50, 11.05.2022.
O'qildi: 2079 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик