Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta

Bernardeskining agenti: "Uning maqsadi aniq"

Bernardeskining agenti: "Uning maqsadi aniq"

Baho:
+ | -

"Yuventus" yarim himoyachisi Federiko Bernardeskining agenti OAVga o‘z mijozini Turinda qolishni istashiga ishontirdi. Futbolchining shartnomasi shu yilning yozida yakunlanadi va tomonlar shartnomani uzaytirish borasida haligacha kelishuvga erishmagan.

Avvalroq, futbolchi Turin klubini tark etmoqchiligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Biroq Bernardeskining agenti futbolchining faoliyatini davom ettirish uchun «Yuventus» ustuvor variant ekanini aytdi.

"Yuventus" bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha muloqot ochiq. Bernardeski uchun asosiy maqsad - "Yuventus"da qolish” - dedi futbolchining agenti Calciomercato nashriga.

Bernardeski joriy mavsum A Seriyada 26 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 14:05, 13.05.2022.
O'qildi: 1524 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик