Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/02 00:45 Bolonya 0-3 Milan
05/02 13:00 Iroq - Eron
05/02 17:00 Indoneziya - Yaponiya

CAFA U-16 turniri. O‘zbekiston Eron bilan durang o‘ynadi

CAFA U-16 turniri. O‘zbekiston Eron bilan durang o‘ynadi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi (U16) Dushanbedagi CAFA U-16 turnirida o‘z ishtirokini boshladi. Jamoliddin Rahmatullayev shogirdlariga eronlik o‘smirlar raqiblik qilishdi.

Birinchi bo‘lim tugashiga 3 daqiqa qolganida vakillarimiz hisobni ochishdi. Behruz Shukurullayevning uzatmasidan so‘ng Zikrillo Muxtorov Eron darvozasini ishg‘ol qildi.

Bahsning 59 va 62-daqiqalarida forslar 2ta gol urib, hisobda oldinga o‘tib olishdi. Uchrashuv tugashiga 2 daqiqa qolganida esa o‘zbekistonlik hisobni tenglashtirishdi. Zaxiradan maydonga tushgan Amirbek Saidov hisobni tenglashtirdi.

Shu tariqa, o‘smirlarimiz musobaqani jangovar durang bilan boshlashdi. Jamoamiz keyingi turni ertaga Afg‘onistonga qarshi o‘tkazadi.

CAFA U-16 musobaqa, 1-tur
O‘zbekiston - Eron - 2:2
Gollar: Zikrillo Muxtorov (45ʼ), Amirbek Saidov (88ʼ) — Gandi Pur (59ʼ), Mahan Digehsara (62ʼ)

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 20:07, 13.05.2022.
O'qildi: 2130 marta.
Fikrlar: 10 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.