Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Viktor Kumikov: «Oxirgi daqiqalarda gol urishimizga kelsak, jamoamiz jismoniy tarafdan yaxshi tayyorlangan»

Viktor Kumikov: «Oxirgi daqiqalarda gol urishimizga kelsak, jamoamiz jismoniy tarafdan yaxshi tayyorlangan»

Baho:
+ | -

Pro liganing 8-turi doirasida bo‘lib o‘tgan “Sho‘rtan” – “Andijon” (0:1) uchrashuvidan keyin o‘tkazilgan matbuot anjumanida dastlab andijonliklar bosh murabbiyi Viktor Kumikov ishtirok etdi.

— Viktor Balyutovich, g‘alaba bilan tabriklaymiz. Uchrashuv borasida fikrlaringiz qanday?
— Tabrik uchun rahmat. Albatta, birinchi bo‘limda o‘yinimiz qovushmadi. “Sho‘rtan” jamoasi har jabhada ustunlik qildi. Birinchi taymni “razvedka” bilan o‘tkazdik desak ham bo‘laveradi. Negaki, “Sho‘rtan” yaxshi jamoa. Bu raqib menga yoqadi. Ikkinchi bo‘limda o‘yinimizni yaxshilashga harakat qildik.

— “Sho‘rtan”ni qanchalik o‘rgangandingiz?
— “Sho‘rtan”ning oldin o‘tkazgan uchrashuvlarini ko‘rib chiqdim. Shu paytgacha Rro ligada kimlar bilan kuch sinashgan bo‘lsak, ularning orasida “Sho‘rtan” o‘yin taraflama eng kuchlisi.

— Jamoangiz uchta uchrashuvdan beri oxirgi daqiqalarda gol uryapti. Bu nima bilan bog‘liq?
— Oxirgi daqiqalarda gol urishimizga kelsak, jamoamiz jismoniy tomondan yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan. Shu sababli so‘nggi daqiqalargacha kurashib, gol uryapmiz.

— Ikkinchi bo‘lim boshlarida Sohibjonov jarima maydoni ichida yiqildi va hakam simulyasiya ishlatdi, deb aytdi. Bunga munosabatingiz qanday?
— Farhod Sohibjonov bilan ro‘y bergan vaziyat haqida gapirsam, ikkala jamoada ham simulyasiya ishlatilgan holatlar bo‘ldi. Hakam to‘g‘ri qaror chiqardi.

— Legionerlarning o‘yiniga qanday baho berasiz?
— Legionerlarga kelsak, Goron Miloyko bilan Vladimir Bubanyaning o‘yinlaridan qoniqdim. Bogdan Milichni esa bugun o‘yini o‘xshamadi. Uni ko‘proq jarima maydoni ichida foydasi tegadi. Bugun esa unchalik ko‘p hujum qila olmadik. Aksiga olib, yarim himoyachilarimiz ham kutilgan darajada o‘ynay olmadilar. Shu bois Milichni ham o‘yini chiqmadi. Unga ko‘proq to‘pni yetkazib turish kerak.
 
“Andijon” matbuot xizmati.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 22:37, 13.05.2022.
O'qildi: 1461 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.