Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Inter" Madrid klubi yetakchisini sotib olmoqchi

"Inter" Madrid klubi yetakchisini sotib olmoqchi

Baho:
+ | -

Madridning “Atletiko” klubi yarim himoyachisi Rodrigo de Paul Italiya chempionatiga qaytishi mumkin. Futbolchi avvalroq A seriya vakili "Udineze" sharafini himoya qilgan.

Todofichajes nashri xabariga ko‘ra, 27 yoshli argentinalik futbolchining yozgi transfer mavsumida "Inter" klubiga o‘tishi mumkin. "Neradzurrilar" rahbariyati joriy mavsum yakunida "matraschilar"ga taklif bilan chiqishga tayyor.

De Paul o‘tgan yilning iyul oyida "Atletiko" safiga qo‘shilgan edi. U klub bilan besh yillik shartnoma imzolagan.

Ma’lumot o‘rnida, joriy mavsumda Rodrigo La Ligada 34 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Kiritildi: 16:58, 14.05.2022.
O'qildi: 2056 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик