Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/05 00:00 Real Madrid 2-1 Bavariya
10/05 23:45 Frozinone - Inter
11/05 00:00 Nissa - Gavr
11/05 00:00 Brest - Reyms
11/05 00:00 Alaves - Jirona
11/05 16:30 Fulhem - Manchester Siti
11/05 17:00 Malyorka - Las-Palmas
11/05 19:00 Vulverhempton - Kristal Pelas
11/05 19:00 Bornmut - Brentford
11/05 19:00 Everton - Sheffild Yunayted
11/05 19:00 Nyukasl - Brayton
11/05 19:00 Tottenhem - Byornli
11/05 19:00 Vest Xem - Luton
11/05 19:15 Vilyarreal - Sevilya
11/05 21:00 Napoli - Bolonya
11/05 21:30 Nottingem Forest - Chelsi
11/05 21:30 Granada - Real Madrid
11/05 23:45 Milan - Kalyari
12/05 00:00 Atletik Bilbao - Osasuna

Mbappe “Real”ga, Levandovski esa “Barsa”ga yoxud transfer oynasidagi eng qaynoq xabarlar bitta sahifada

Mbappe “Real”ga, Levandovski esa “Barsa”ga yoxud transfer oynasidagi eng qaynoq xabarlar bitta sahifada

Baho:
+ | -

Transfer oynasi hali ochilmagan, lekin bozor qizib ketgan

Kuchli beshlik chempionatlari kelasi hafta oxirida yakunlanadi. Ularning ko‘pchiligida chempionlik taqdiri hal bo‘lgan. Shu sababli, transfer haqidagi mish-mishlari asta-sekin ko‘payib bormoqda. Hatto Angliya Premyer ligasida dastlabki xaridlar amalga oshirilib bo‘lindi: Erling Xoland “Manchester Siti” futbolchisiga aylandi, Filippe Koutinyo “Aston Villa”ga 20 million yevroga o‘tdi va “Vulverxempton” Xvan Xi Channi 16,7 million yevroga sotib oldi. Shu sabab bugun amalga oshmagan, lekin yaqin kunlarda rasman tasdiqlanadigan xaridlar haqida ma’lumot bermqchimiz.

Frenki de Yong, "Barselona"dan "Manchester Yunayted"ga

25 yoshli yarim himoyachining shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan, biroq mavsum so‘nggida u Angliyaga ko‘chib o‘tishi mumkin. Insayder Jerar Romeroning so‘zlariga ko‘ra, de Yongning "Manchester Yunayted"ga o‘tishi may oyida amalga oshiriladi. Transfer summasi 70-80 million yevroni tashkil qiladi. Bundan tashqari, ESPN GB xabariga ko‘ra, “Manchester Siti” gollandiyalik futbolchini qo‘lga kiritish uchun kurashga kirgan. "Shaharliklar" bosh murabbiyi Xosep Gvardiolaga futbolchining o‘yin uslubiga yoqadi va shu sabab Frenkini o‘z jamoasida ko‘rishni istamoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, kataloniyalik mutaxassis de Yongni 2019 yilda sotib olishga urinib ko‘rgan edi. Biroq bu noma’lum sabablarga ko‘ra, amalga oshmagan.

Bu transfer "Barsa" uchun ham qiziq bo‘lsa kerak. Oxirgi paytlarda kataloniyaliklar birorta ham futbolchisini 25 million yevrodan ko‘proqqa sotgani yo‘q. De Yongning sotilishi orqali, “ko‘k-anorranglilar” yaxshigini foyda ko‘rishi va moliyaviy ahvolini yaxshilab olishi mumkin. Hozirda de Yongning narxi 70 million yevroga baholanmoqda."Barselona"da faqat Pedri (80 million yevro) undan qimmatroqqa baholanmoqda. Yarim himoyachi joriy mavsumda "ko‘k-anorranglilar" safida barcha musobaqalarda 46 ta o‘yin o‘tkazdi (40 tasi boshlang‘ich tarkibda), 4 ta gol va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Robert Levandovski, "Bavariya"dan "Barselona"ga

Levandovski “Bavariya” bilan shartnomasini uzaytirmaydi. Hujumchining Yulian Nagelsmann bilan munosabatlari keskin ko‘rinish olgan. Sport1.de xabariga ko‘ra, hujumchi murabbiyga “Bavariya” uchun tanlagan taktikasidan qiynalayotganini bir necha bor tushuntirgan. Qolaversa, polyak Nagelsmann qo‘l ostidagi mashg‘ulotlarni juda charchatuvchi deb hisoblaydi. "Bavariya" prezidenti Gerbert Xaynerning aytishicha, Levandovski klub bilan shartnomasini oxirigacha tugatib qo‘yishi kerak.

Oldinroq Kicker Robertni sotishdan oldin "Bavariya" uning o‘rniga boshqa futbolchi topishi kerakligini ta’kidlagandi. Bild xabariga ko‘ra, Myunxen klubi potensial xaridorlar Levandovski uchun 35-40 million yevro taklif qilsa, uni qo‘yib yuboradi. Hozir "Barselona" hujumchining narxiga qiziqish bildirmoqda. “Ko‘k-anorranglilar” polyak futbolchisiga yana bir yilga uzaytirish sharti bilan ikki yillik shartnoma taklif qilishga tayyor.

Kilian Mbappe, "PSJ"dan "Real"ga

Mbappe va "Real Madrid" haqidagi serial davom etmoqda. May oyida fransuz futbolchisi Madridga tashrif buyurdi. Shuningdek, jurnalist Fabrisio Romanoning insaydlariga ko‘ra, ispanlar Kilian bilan shartnoma imzolashga "har qachongidan ham ko‘proq" ishonishmoqda. Mbappening shartnomasi 30 iyunda tugaydi va "PSJ" futbolchini saqlab qolish uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qilmoqda. Parijliklar hujumchiga yangi shartnoma bo‘yicha uchta variantni taklif qilishdi. Bitim qanchalik uzoq bo‘lsa, hujumchi shuncha boy bo‘lishda davom etadi.

Ispaniyaning Marca nashri xabariga ko‘ra, Mbappe oxirgi paytlarda juda katta bosim ostida yashamoqda. U va uning oilasiga Fransiya prezidenti Emmanuel Makron, Qatar va Fransiya futbol federasiyasidan qo‘ng‘iroqlar bo‘lmoqda. Kilian o‘z oilasi, ayniqsa “PSJ” akademiyasida o‘ynayotgan va birinchi jamoada debyut qilishga yaqin turgan ukasi Etan uchun xavotir olmoqda. Bularning barchasiga qaramay, Mbappe "Real"ga o‘tishiga ishonchi komil. Madrid klubi Kilian uchun ajoyib taqdimot tayyorlamoqda. "Santyago Bernabeu"dagi ushbu tadbirga rekord miqdordagi tomoshabin kelishi kutilmoqda.

Antonio Ryudiger, "Chelsi"dan "Real"ga

Oy oxirida "Real Madrid" Ryudiger transferini e’lon qiladi. The Athletic xabariga ko‘ra, 10 may kuni himoyachi "qaymoqranglilar" bilan shartnoma imzolagan. Uning madridliklar bilan shartnomasi 2026 yilgacha mo‘ljallangan va u yangi mavsum boshida jamoaga kelib qo‘shiladi. Qayd etilishicha, himoyachining maoshi yiliga 9-10 million yevroni tashkil qiladi.

Ryudiger "Real"ga o‘tish uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tgan. Himoyachining klub bilan shartnomasida tovon puli 400 million yevroni tashkil etadi.

Andre Onana, "Ayaks"dan "Inter"ga

Onananing "Ayaks" bilan shartnomasi 30 iyunga qadar amal qiladi. Insayder Fabrisio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, kamerunlik darvozabon tez orada rasman “Inter”ning futbolchisi sifatida tanishtiriladi. Avvalroq jurnalist 26 yoshli darvozabon italyan klubi bilan 5 yillik shartnoma imzolagani, unga ko‘ra soliqlardan keyin yiliga 3 million yevro maosh olishi haqida xabar bergan edi.

Joriy mavsumda darvozabon barcha musobaqalarda bor-yo‘g‘i 10ta o‘yin o‘tkazdi va 12ta gol o‘tkazib yubordi. Onana doping uchun to‘qqiz oyga diskvalifikasiya qilingan edi.

 

Kiritildi: 13:57, 15.05.2022.
O'qildi: 9644 marta.
Fikrlar: 15 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.