"Atletiko" prezidenti Enrike Serezo "Barselona"dan ijaraga olingan hujumchi Antuan Grizmann keyingi mavsumda ham jamoada o‘ynashda davom etishini aytdi.
"Grizmann shu yerda qoladi - u keyingi mavsumda "Atletiko"da o‘ynashda davom etadi. "Barsa" bilan nimalarni muhokama qilish kerak? Agar siz birgalikda ishlashni davom ettirishni rejalashtirmoqchi bo‘lsangiz, pul muammo emas ", - dedi Serezo.