Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona 0-1 Komo
10/05 17:00 Malyorka 1-1 Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli 2-2 Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas 2-2 Everton
10/05 18:00 Cremonese 3-0 Piza
10/05 18:00 Fiorentina 0-0 Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao 0-1 Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem 0-1 Arsenal
10/05 21:00 Parma 2-3 Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo 0-0 Xetafe
10/05 23:45 Milan 2-3 Atalanta
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche

Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilaridan iborat O‘zbekiston terma jamoasi xalqaro musobaqa g‘olibiga aylandi

Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilaridan iborat O‘zbekiston terma jamoasi xalqaro musobaqa g‘olibiga aylandi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida 12—15 may kunlari Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari o‘rtasida XVIII xalqaro futbol turniri bo‘lib o‘tdi.

Musobaqada 11-12 yoshli tarbiyalanuvchilaridan tashkil topgan terma jamoalar sovrin uchun kurash olib bordi. Toshkent shahridagi 21 va 22-sonli hamda Chirchiq shahridagi 14-sonli Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilaridan iborat O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari musobaqa g‘olibiga aylandi. Bu haqida Xalq ta’limi vazirligi ma’lum qildi.

22-sonli Mehribonlik uyi tarbiyachisi Abdulaziz Mannopov boshchiligidagi O‘zbekiston terma jamoasi «Shatlova» jamoasi ustidan 4:1 hisobida g‘alaba qozonib, final bosqichiga yo‘l oldi. Hal qiluvchi bahsda o‘zbekistonlik yoshlar «Kursk» terma jamoasini 5:4 hisobida mag‘lub etib, 1-o‘rinni egalladi.

Eslatib o‘tamiz, Mehribonlik uylari o‘rtasida 2018 yilgi Jahon Chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi bosh sovringa ega chiqqandi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 11:33, 16.05.2022.
O'qildi: 1346 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик