Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Shomurodov ushbu mavsum qanday statistika qayd etayotganini bilasizmi? U "Roma" yetakchilari qatorida

Shomurodov ushbu mavsum qanday statistika qayd etayotganini bilasizmi? U "Roma" yetakchilari qatorida

Baho:
+1 | -

 

O‘zbek futbolini dunyoga tanitish uchun urinayotgan Eldor Shomurodovning Italiyadagi sarguzashtlari barcha futbol ishqibozlari uchun juda ham qiziq bo‘lsa kerak. Uning jamoadagi harakatlari va klubiga tegayotgan foydasi italiyalik futbol ishqibozlari uchun ham muhim. “Roma” mavsumda u qadar yaxshi ishtirok etmagani ham bor gap. Eldor Shomurodovning o‘yin vaqti kamligidan tushayotgan shikoyatlar ham o‘rinli. Negaki hamyurtimiz statistikasi ancha yaxshi. Umuman bu jihatga qarab, qaysidir ma’noda Eldorni jamoaning muhim futbolchisi deya olamiz. Quyida “Roma” futbolchilarining mavsum davomida A Seriyada qayd etayotgan statistiyeasi bilan tinishib chiqamiz. Shu o‘rinda aytish mumkinki, Eldor peshqadamlar qatorida.

Har o‘yinda o‘rtacha to‘plangan ballar

  1. Lorenso Pellegrini – 7.38
  2. Genrix Mixitaryan – 7.16
  3. Jordan Verutu – 7.13
  4. Temmi Abraham – 7.02

    13. Eldor Shomurodov – 6.70

    15. Nikolo Dzanyolo – 6.68

Ta’kidlash joizki, Eldorga har o‘yinda juda kam vaqt berilayotganining ta’siri sezilmoqda. Ammo jamoa yetakchisi Nikolo Dzanolodan hamyurtimiz ball jamg‘arish bo‘yicha oldinda.

Gollar

  1. Temmi Abraham – 15ta
  2. Lorenso Pellegrini – 8ta
  3. Genrix Mixitaryan – 5ta
  4. Jordan Verutu – 4ta
  5. Eldor Shomurodov – 3ta

Golli uzatmalar

  1. Jordan Veretu – 8ta
  2. Genrix Mixitaryan – 6ta
  3. Eldor Shomurodov – 3ta

 Gol + Pas

  1. Temmi Abraham – 19ta
  2. Lorenso Pellegrini – 12ta
  3. Jordan Verutu – 12ta
  4. Genrix Mixitaryan – 11ta
  5. Eldor Shomurodov – 7ta

O‘rtacha bitta golda ishtirok etish (daqiqada)

  1. Temmi Abraham – 200 daqiqa
  2. Eldor Shomurodov – 233 daqiqa
  3. Lorenso Pellegrini – 276 daqiqa

Golli vaziyat yaratish

  1. Lorenso Pellegrini – 11ta
  2. Rik Karsdorp – 10ta
  3. Jordan Veretu – 9ta
  4. Genrix Mixitaryan – 6ta
  5. Eldor Shomurodov – 5ta

Undan tashqari Eldor Shomurodov jamoadagi eng kam kartochka olgan futbolchilardan biri hisoblanadi. Golli vaziyatlardan foydalana olmaslik bo‘yicha ko‘rsatkichda Eldor hujumkor futbolchilar orasida eng kam vaziyatni ko‘kka sovurgan futbolchilardan biri hisoblanadi.

 Umuman olganda Joze Mourinyo balki hamyurtimizga ko‘proq imkoniyat bergani ma’quldek ko‘rinmoqda. Negaki o‘rtacha vaqt hisobiga qarasak, Uning natijalari Temmi Abrahamnikidan deyarli qolishmaydi. Bundan tashqari u jamoaga foyda keltirayotgan top – 5 futbolchidan biri ekanligini yuqoridagi statistika ko‘rsatib turibdi.

Mirjalol Pardaboyev tayyorladi. 

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 21:17, 16.05.2022.
O'qildi: 9353 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.