Dortmundning "Borussiya" klubi yarim himoyachisi Jud Bellingem Erling Xolandning "Manchester Siti"ga o‘tgani haqida gapirdi.
"Men Erlingga u uchun juda xursand ekanligimni aytdim. U o‘z faoliyatida keyingi qadamni qo‘yganidan xursandman.
"Manchester Siti" ham unga ega bo‘lgani uchun juda omadli. Xoland ajoyib futbolchi va ajoyib yigit. Men uni jamoada sog‘inaman", - dedi Bellingem.