Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/11 18:00 Paxtakor 0-2 OKMK
22/11 16:00 Neftchi - Nasaf
22/11 18:15 Qizilqum - Navbahor
23/11 01:00 Xetafe - Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik - Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon - Dinamo
23/11 17:30 Lester - Chelsi
23/11 18:00 Valensiya - Betis
23/11 19:00 Verona - Inter
23/11 20:00 Bornmut - Brayton
23/11 20:00 Arsenal - Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa - Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton - Brentford
23/11 20:00 Fulhem - Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko - Alaves
23/11 22:00 Milan - Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti - Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas - Malyorka
23/11 22:30 Jirona - Espanyol

Sovrinlardan oltin «xet-trik»ka erishgan 8 afsona

Sovrinlardan oltin «xet-trik»ka erishgan 8 afsona

Baho:
+ | -1

Jahon chempionati va Yevropa Chempionlar Ligasidagi g‘alabalar yoniga «Oltin to‘p»ni qo‘shib qo‘ygan 8 nafar afsonadan iborat «yopiq klub». Diqqat, jahon futboli tarixida o‘ziga xos oltin «xet-trik»ka erishganlar orasida na Lionel Messi bor va na Krishtianu Ronaldu. Umuman, har ikkisining ushbu alohida klubga kirishi - amri-mahol.

Frans BEKKENBAUER. Germaniya futboli afsonasi Yevropa Chempionlar kubogida 3 marta (1974, 1975 va 1976 yillar) va jahon chempionatida 1 marta (1974) g‘alaba nashidasini surgan. Kayzer Fransning shaxsiy muzeyida 2ta «Oltin to‘p» (1972 va 1976 yillar) ham bor - beqiyos «xet-trik».

Gerd MYULLER. 1974-1976 yillar oralig‘ida «Bavariya» bilan YECHKda g‘alaba nashidasini surgan betakror goleador bu orada mundial-74 Germaniya milliy jamoasi foydasiga hal bo‘lishiga katta hissa qo‘shdi. «Oltin to‘p»ni esa sal oldinroq, 1970 yili qo‘lga kiritgandi.

Bobbi CHARLTON. 1966 yilgi jahon kubogi va «Oltin to‘p» sohibi. Angliya futboli afsonasi yana 2 yildan keyin elit sovrinlari yoniga YECHK oltin medalini ham qo‘shib qo‘ygandi.

Paolo ROSSI. 1982 yili Italiya terma jamoasining jahon chempionatida g‘olib chiqishida katta rol bajargan afsona. Rossi France Football mukofotiga ham o‘sha yili ega chiqdi. 1985 yili esa Yevropa klub futbolidagi bosh turnirda zafar quchdi.

RIVALDO. Braziliyalik afsona ishni 1999 yili «Oltin to‘p» yutish bilan boshladi, keyin Osiyo hududidagi ilk mundial (JCH-2002)da zafar quchdi va yakunda CHL-2003da shohsupaga ko‘tarildi.

KAKA. 2002 yilgi jahon chempionatining yana bir g‘olibi. Kaka mavsum-2006|2007da «Milan» bilan CHLda zafar quchish asnosida «Oltin to‘p»ni o‘z tomoniga «yumalatdi» va buyuk «xet-trik»ni rasmiylashtirdi.

RONALDINYO. Estafeta tayoqchasini Rivaldodan olgan Ronni avvaliga  jahon chempionati-2002da zafar kuyini chaldi, 2005 yili esa «Oltin to‘p» sohibiga aylandi. Ronaldinyoning CHLdagi g‘alabasi esa 2006 yilga to‘g‘ri keldi.

Zayniddin ZIDAN. JCH-98 g‘olibi futboldagi asosiy individual sovrinni o‘sha mavsum yakunida qo‘lga oldi. Zizu eng nufuzli klub turnirini esa keyinroq, mavsum-2001|2002da zabt etdi.

Manba: zakovat.uz
Kiritildi: 07:33, 17.05.2022.
O'qildi: 8319 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.