Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/10 05:00 Peru - Urugvay
10/10 14:10 Avstraliya - Xitoy
10/10 19:00 O‘zbekiston - Eron
10/10 19:00 Iordaniya - Janubiy Koreya
10/10 21:00 Bahrayn - Indoneziya
10/10 21:00 Qatar - Qirg‘iziston
10/10 21:00 Ummon - Kuvayt
10/10 21:00 BAA - KXDR
10/10 23:00 Iroq - Falastin
10/10 23:00 Saudiya Arabistoni - Yaponiya
11/10 01:00 Boliviya - Kolumbiya
11/10 02:00 Ekvador - Paragvay
11/10 02:00 Venesuela - Argentina
11/10 05:00 Chili - Braziliya

Dembele yana hammaning e’tibor markazida. U "Barselona"da qolarmikin?

Dembele yana hammaning e’tibor markazida. U "Barselona"da qolarmikin?

Baho:
+ | -

 

Yil boshida Dembelening va uning agentining talablaridan hayratda qolgan Kataloniya klubi rahbariyati Dembeleni nafaqat chuqur zaxiraga qo‘yish, balki shartnomani buzish yoki boshqa futbolchiga almashtirib yuborishga qaror qilgandek tuyuldi.  Biroq Xavining prezident Laporta rozi bo‘lmagan Usmonni maydonda hamon harakatlantirish qarori vaziyatni yanada qulayroq tomonga yo‘naltirdi.

“U murabbiy ixtiyorida ekan, o‘ynasin - yaxshi o‘ynasin. Dembele borasidagi qarorni mantiqiy deb atashim mumkin. Biz u bilan yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralar olib borishga harakat qildik, shartnomani uzoq yillarga uzaytirmoqchi edik. Bu yaxshi taklif edi.

Ha, biz u endi o‘ynamasligini aytdik, ammo Xavi bu masalaga pragmatik yondashishimiz kerakligini aytdi, chunki Dembele iyungacha qoladi.

Hujumchi esa haqiqatan ham murabbiy ishonchini oqladi, yil boshidan buyon va shu kungacha u Misolda 10 ta samarali uzatmani amalga oshirdi - bu Yevropa top-5 ligasi futbolchilari orasida eng ko‘pi” – deydi klub prezidenti.

Ma’lumki, Dembele jamoasi va “Barselona” rahbariyati o‘rtasidagi muzokaralarda asosiy to‘siq maosh miqdori bo‘lib turibdi. O‘tgan yilning oxiriga kelib Usmonning agenti klubga Usmonga yiliga 43 million yevro to‘lashni talab qilgan, hozirgi maosh 12 million yevro. Aytgancha, Messi "PSJ"da 41 million yevro, Ronaldu “MYU”da 32 million yevroga yaqin maosh oladi. Katta moliyaviy muammolarni boshdan kechirayotgan "Barselona"da bu kabi mablag‘ yetarli darajada emasligini aniq ko‘rsatib turibdi, garchi biz bunday summa haqidagi mish-mishlarga ishonmasligimiz kerak, bu faqat OAVdan kelgan. Aprel oyida "Barselona" direktori Mateu Alemani klub Dembele bilan yangi shartnoma imzolashga rozi bo‘lgani haqidagi mish-mishlarga izoh berdi.

“Hamma klubning moliyaviy ahvolidan xabardor va kim “Barselona”da qolishni istasa, Dembelemi yoki shartnomani uzaytirmoqchi bo‘lgan boshqa o‘yinchilar bo‘ladimi, maosh chegarasiga rozi bo‘lishi kerak.”

Dembelening kelajagi borasidagi qarori haqidagi ma’lumotlar turlicha. Ayrim manbalar fransiyalik futbolchi murosaga kelgan, maoshga rozi bo‘lgani va qolishni istashini ta’kidlamoqda. Ayrimlar Usmon ketishga qaror qilgani va top-klublardan biri bilan kelishib ulgurgani haqida xabar bermoqda.

Klub rahbarlarining unga bo‘lgan munosabatiga yaqqol ta’sir qilgan futbolchining munosib o‘yinlari fonida insayder Fabrisio Romanoning ma’lumotlari mantiqiy ko‘rinadi. Uning ta’kidlashicha, "blaugranas" rahbarlari Usmonning agenti Mussa Sissoko bilan uchrashgan. Uchrashuvdan maqsad esa kelishuvga erishish emas, balki agent va klub o‘rtasidagi buzilgan munosabatlarni tiklash edi. Har ikki tomon, Romanoning ishontirishicha, uchrashuvni “baxtli” tark etishdi.

Xavi, o‘z navbatida, yana bir bor imkon qadar optimistik intervyu bergan:

“Bunga hech qanday shubham yo‘q. Usmon gol urishda qiynalsa ham, u juda ko‘p vaziyatlarni yaratadi va gollarda ishtirok etadi. Men undan juda mamnunman.Klub kelasi mavsum haqidagi fikrimni biladi. Lekin jarayonda agent, klub, futbolchining o‘zi ishtirok etadi. Bu oson bo‘lmaydi, lekin umid qilamanki, u shartnomani uzaytiradi.”

“PSJ” favorit

 Buning ajablanarli joyi yo‘q.  Futbolchining katta talablarini qondirish parijliklarning tashrif qog‘ozidir. Jurnalist Toni Xuanmarti aprel oyi oxirida xabar berishicha, “PSJ” futbolchiga yiliga 17 million yevro oladigan taklif yuborgan. Shuningdek, shartnoma imzolash uchun bonus ham mavjud. Ko‘rinib turibdiki, 43 million yevro talab qilinatgani bu noreal hodisa.

May oyining oxiriga kelib, insayderning fikriga ko‘ra, muzokaralar yakunlanishi kerak. Shu bilan birga, Xuanmarti "Barselona" bilan shartnomani qulay shartlarda uzaytirish Dembelening o‘zi uchun ham ustuvor ekanligini ta’kidladi.

"Bavariya" qiziqishni kuchaytirmoqda

SKYSports Germaniyaning almashtirib bo‘lmaydigan chempionlarini Usmon transferiga da’vogar sifatida qayd etdi. Manbaga ko‘ra, “Bavariya” fransiyalik futbolchini Dortmundning “Borussiya” jamoasida o‘ynagan vaqtidan boshlab kuzatib kelgan.

Myunxenliklar allaqachon futbolchi vakillari bilan aloqa o‘rnatgan. "Bavariya" Germaniyada Dembele dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biriga aylanishi mumkinligiga ishonmoqda. Nashr maqolasida ayniqsa qiziq bo‘lgan narsa "Bavariya" futbol jamoatchiligini o‘z tarkibidagi o‘yinchilar "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritish imkoniyatiga ega ekanligiga ishontirmoqchi ekanligi va Dembele bilan shartnomada tegishli bonus yozilishi haqidagi ma’lumot.

Bundan tashqari, «Bavariya» «Atletiko»dan Joau Feliksni kuzatmoqda. Shu bilan birga, klub uning transferi juda qimmatga tushishini tushunadi va Dembeleni esa tekinga olib kelishi mumkin.

“Barselona” murosa topishga tayyor

Yaqinda FootMercato xabariga ko‘ra, Kataloniya klubi Usmonga yangi shartnoma taklif qilgan. Ushbu manbaga ko‘ra, rahbariyat agent va futbolchining talablarini bajarishga tayyor.

Alemani Sissoko bilan uchrashdi va yangi taklif endi "Barselona" taklif qilgan oldingi variantlardan ko‘ra Dembelening talablariga ancha yaqinroq. Hozircha yakuniy kelishuv mavjud emas. Qayd etilishicha, fransuz yanvardagi kabi qarashlarga amal qilgan holda, talablarni kamaytirish niyatida emas. Avvalroq "Chelsi"ga o‘tishni rad etgan Usmon, agar unga yangi taklif ma’qul kelsa, klubda qolishdan xursand bo‘lishini aytgan edi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 19:29, 17.05.2022.
O'qildi: 3322 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.