Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Shahbozni agentlar boshqaryaptimi? Nega hamyurtimiz Belarus chempionatida maydonga tushmayapti? Umarov haqida katta maqola

Shahbozni agentlar boshqaryaptimi? Nega hamyurtimiz Belarus chempionatida maydonga tushmayapti? Umarov haqida katta maqola

Baho:
+ | -

Belarusning "Tribuna" portali BATE safida o‘ynayotgan hamyurtimiz Shahboz Umarov haqida maqola tayyorladi. Quyida Umarovning atrofida ro‘y berayotgan voqealar haqida tanishingiz mumkin.

Shahboz Umarovning chigal hikoyasi:

Bu mavsumda Belarusning BATE klubi 13 ta rasmiy o‘yin o‘tkazdi - milliy chempionat, Belarus kubogi va Superkubogi. Ammo “sariq-ko‘klar”ning 2021 yildagi yetakchilaridan biri, hamyurtimiz Shahboz Umarov ularning birortasida ham ishtirok etmadi. Bundan tashqari, u hech bir uchrashuvning qaydnomasidan joy olmadi. Deyarli 100 foiz ishonch bilan aytishimiz mumkinki, 21 may kuni bo‘lib o‘tadigan Kubok finalida 23 yoshli hamyurtimizni na boshlang‘ich tarkibda, na zaxirada ko‘ra olmaymiz.

Shu bilan birga, BATE bosh murabbiyi Aleksandr Mixaylov hujumchining nima tarkibda yo‘qligi sabablarini gapirmayapti. Chunki, klubning futbolchi bilan xayrlashish istagi haqida gap yo‘q. Belaruslik hamkasblarimiz hozirda Umarov va "sariq-ko‘klar" o‘rtasida nima bo‘layotganini aniqladi.

Yilni zo‘r boshladi, ammo murabbiy bilan ziddiyat yuzaga keldi:

Shahbozni BATEning asosiy aktivlaridan biri deb bejiz aytishmagan. 2020 yilda Belarus futbolida paydo bo‘lgan va “Energetik-BGU” bilan shartnoma imzolagan o‘zbekistonlik futbolchi tezda o‘zini ko‘rsata boshladi. 21 yoshli futbolchi o‘z debyutini aynan BATE jamoasiga qarshi o‘tkazdi va mavsumning birinchi yarmida u shunchalik yaxshi taasuroot qoldirdiki, Borisov jamoasi yozda u bilan mavsum yakunini kutmasdan shartnoma imzoladi. Lekin Umarov baribir yilni “studentlar” tarkibida yakunladi (barcha turnirlarda 31 o‘yinda to‘rtta gol, uchta “assistentlik”).

Hamyurtimiz keyingi mavsumni Vitaliy Jukovskiy jamoasida boshladi va u yerda darhol yetakchilardan biriga aylandi. Natijada yil davomida yosh futbolchi barcha turnirlarda 36 ta o‘yinning 25 martasida asosiy tarkibda maydonga tushdi. Alohida ta’kidlab o‘tishimiz kerakki, Shaxboz Batumining "Dinamo" jamoasiga qarshi Konferensiyalar ligasi saralashida uchrashuvning boshidan oxirigacha o‘ynadi, lekin samarali natija qayd eta olmadi.

Biroq, u milliy birinchilikda yomon o‘yni namoyish etmayotgandi: 6 ta gol (hammasi chempionatda) va 9 ta golli uzatma. Birgina qishda klubni tark etgan hujumchi Dmitriy Yusov (8) Shaxbozdan ko‘proq gol urgandi va Umarov chempionatdagi paslar soni bo‘yicha “minora”ning eng yaxshi 5 nafar futbolchi orasidan joy olgandi. Yarim himoyachining bir nechta gollari "sariq-ko‘klar"ga chempionlik uchun kurashda eng muhim ochkolarni keltirdi, ammo yakunda BATE chempionlikni qo‘lga kirita olmadi.

Umuman olganda, Shahboz chindan ham yaxshi o‘ynadi va jamoada murabbiylar almashgan bo‘lsada, Borisovliklar yurtdoshimizni tarkibda saqlab qolishdi. Transfermarkt portali xabariga ko‘ra, futbolchining transfer qiymati 500 ming yevro darajasida saqlanib qolgan. BATE bir vaqtlar buning uchun 100 mingdan kam pul to‘lagan. Ushbu portalning hisob-kitobiga ko‘ra, BATE tarkibida Stanislav Dragun, Danila Nechayev (650 ming yevro), shuningdek, serblar Yakov va Aleksandr Filipovichi (mos ravishda 1,1 million va 1,2 million) katta miqdorda baholanadi.

To‘g‘ri, Umarovning 2022 yilgi mavsumga tayyorgarligi oson boshlangani yo‘q. "Tribuna" xabariga ko‘ra, o‘zbekistonlik futbolchi ta’tildan shunday holatda kelganki, u dastlabki mashg‘ulotlarning birida (mashqlar ancha oson bo‘lgan bo‘lsa-da) yuklamalarga bardosh bera olmadi va mashg‘ulotni muddatidan oldin tugatdi – futbolchi shunchaki kasal bo‘lib qoldi. Ammo keyin yaxshilandi.

Umarov klubning oltita nazorat-uchrashuvidan uchtasida ishtirok etgan (yanvar oyida u O‘zbekiston terma jamoasiga chaqiruv tufayli bir nechta o‘rtoqlik uchrshuvlarini o‘tkazib yuborgan). Yarim himoyachining 88-daqiqada "Isloch" darvozasining yuqori burchagiga uzoq masofadan yo‘llagan ajoyib zarbasi "sariq-ko‘klar"ga 2:1 hisobida g‘alaba keltirdi.

19 fevral kuni Umarovning BATEdagi keyingi hayotini ko‘p jihatdan oldindan belgilab qo‘ygan voqea sodir bo‘ldi. O‘sha kuni borisovliklar "Dinamo-YUni" va "Shaxtyor" (Petrikivka) jamoalari bilan o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazdi. "Konchilar"ning ikkinchi tarkibi harakat qilgan bo‘lishiga qaramay, jamoalar 2:2 hisobida durang o‘ynadi.

Biroq o‘sha uchrashuv tablodagi hisoblar bilan emas, boshqa holatlar bilan yodda qoldi. Umarov 37-daqiqadayoq maydonni tark etdi. Buning o‘rniga yoshlar tarkibi futbolchisi Aleksandr Fransuzov maydonga tushdi. Shu bilan birga, Mixaylovda o‘zbekistonlik futbolchini zaxiraga olish uchun asos yo‘q edi: hujumchimiz maydonda faol bo‘ldi, tinimsiz jangga kirishdi, darvozaga zarba berdi, hech qanday jarohat olmadi. Umuman olganda, o‘yinni bemalol davom ettirishim mumkin edi.

Futbolchi va bosh murabbiy o‘rtasidagi mojaro uni almashtirishga olib keldi. 35-daqiqada maydon markazida to‘pni qabul qilib olgan Shahboz raqibni chiroyli tarzda mag‘lub etmoqchi bo‘ldi, ammo yakunda to‘pni yo‘qotdi va raqib futbolchilarini qarshi hujumga o‘tkazib yubordi. Oradan bir necha soniya o‘tgach, Mixaylov Umarovning bu "qilig‘idan" jahli chiqdi va yurtdoshimizni oddiy o‘ynashini talab qilib, qattiq formada "asabiylashdi".

"Tribuna" xabariga ko‘ra, bunga javoban futbolchi ham ancha emosional tarzda mutaxassisdan bunday epizodda qanday harakat qilish kerakligini so‘radi. Murabbiy yana futbolchiga e’tiroz bildirdi. Umarov bunday munosabatga chiday olmadi va murabbiy futbolchidan qolishni so‘ragan bo‘lsa-da, darhol maydonni tark etib, kiyim almashtirish xonasiga yo‘l oldi.

Yoshlar jamoasi bilan bog‘lanish, asosiy tarkibga qaytish va agentlarning umumiy ta’siri:

Voqeadan bir necha kun o‘tgach, Vladislav Tatur voqeaning kichik tafsilotlarini oshkor qildi. Jurnalistning so‘zlariga ko‘ra, tortishuv kiyim almashtirish xonasida davom etgan. Jamoa ikki guruhga bo‘lingan: kimdir futbolchi murabbiyga hurmatsizlik ko‘rsatgan deb hisoblagan, kimdir esa murabbiy o‘zini yumshoqroq tutishi mumkin edi, deb o‘ylagan.

Bu mojaro e’tibordan chetda qolmadi. BATE faol ravishda Shahbozga yangi jamoa izlashni boshladi, biroq klub so‘ragan 650-700 ming yevroni to‘lab beradigan "mard" klub topilmadi. O‘zbekistonlik futbolchining xizmatlariga bir nechta jamoalar qiziqish bildirishgan, biroq ular yarim himoyachi uchun maksimal 300 ming yevro to‘lashga rozi bo‘lgan. Lekin asosan 100 ming yevrolik takliflar bo‘lgan, bu esa borisovliklarga to‘g‘ri kelmagan.

Xo‘sh, keyin voqealar eng kutilmagan tarzda rivojlana boshladi. Umarovga jazo sifatida uni yoshlar tarkibining mashg‘ulotlariga yuborishga qaror qilindi. Hamyurtimiz ham bunga rozi bo‘lgan shekilli, bu qayerdadir individual reja asosida ishlagandan ko‘ra yaxshiroq, degan fikrga keldi. Qolaversa, murabbiylarining ishonchini qaytarish imkoniyati ham bor edi. Ammo legioner futbolchimiz yoshlar tarkibidagi birinchi mashg‘ulotlarida ko‘rinib bermadi. Nega? Ma’lum bo‘lishicha, bunga futbolchining agentlari aralashgan. Bizdagi ma’lumotlarga ko‘ra, o‘zbekistonlik futbolchining ishlari bilan shug‘ullanayotgan ikkita agent bor va aynan ular futbolchiga “sariq-ko‘klar”ning ikkinchi jamoasi bilan mashg‘ulot o‘tkazishni taqiqlagan. Umarovning agentlardan nima qarzi bor ekanligini noma’lum, lekin u Mixaylovni emas, balki agentlarni tinglagan va natijada mashg‘ulotlarda qatnashmagan, bu klubdagi hamma uchun kutilmagan hol bo‘ldi.

Aytgancha, Tatur fevral oyida o‘zbek agentlari mojaroga aralashishi mumkinligini aytdi:

- Futbolchining o‘ziga bo‘lgan ishonchni yoshlar jamoasi orqali qaytarish istagiga qaramay, ko‘p narsa BATEga yanada ko‘proq bosim o‘tkazish va klubni hatto dastlab mos kelmagan taklifga ham rozi bo‘lishga majburlash uchun futbolchini mojaroni kuchaytirishga ishontira oladigan agentlarga bog‘liq, - deb yozadi jurnalist.

Mavjud ma’lumotlarga qaraganda, hozirda Umarov taqdirini asosan agentlar hal qilmoqda.

Shu bilan birga, BATE murabbiylar shtabi mojaroni kuchaytirmaslikka qaror qildi va natijada 23 yoshli futbolchini asosiy tarkibga qaytardi. Bu Belarus chempionati boshlanishidan oldin sodir bo‘ldi. Mart oyining oxirida Mixaylov yarim himoyachi hamma bilan ishlashi haqida ham gapirdi, ammo murabbiy tafsilotlarni ochiqlamaslikka qaror qildi.

Shahboz shu kungacha BATEning asosiy jamoasi bilan ishlamoqda: u o‘yin mashg‘ulotlarda qatnashadi, ikki tarkibga bo‘lingan nazorat bellashuvlarda o‘ynadi, zalda hamma bilan birga shug‘ullanadi. Biroq, "Tribuna" aniqlashicha, agentlarning talabiga binoan, Umarov Mixaylov bilan yarashishga rozi emas, bu uning tarkibga qaytishiga hissa qo‘shishi mumkin. Natijada, legioner futbolchimiz nafaqat jamoaning asosiy tarkibida, balki yoshlar jamoasining o‘yinlarida ham yo‘q.

Aytishimiz mumkinki, fevral oyida futbolchilar va murabbiy o‘rtasida yuzaga kelgan mojaro agentlar va klub o‘rtasidagi qarama-qarshilikka aylanib ketdi. Va hozirgi vaziyatda Umarov o‘z vositachilariga quloq solmoqda, garchi ayni paytda u o‘yin amaliyotisiz qolayotgan bo‘lsa-da. Manbalarimiz bu holatni futbolchining agentlari BATE uni sotishni istamasa ham, yozgi transferlar vaqtida Umarovni jamoani tark etishini istashi bilan bog‘lashmoqda. O‘yin amaliyotining yetishmasligi narxning oshishiga yordam bermaydi.

Mojaroni hal qilishning mumkin bo‘lgan variantlaridan biri - boshqa klubga ijaraga berish bo‘lishi mumkin. Qolaversa, bizdagi ma’lumotlarga ko‘ra, Umarovning BATE bilan shartnomasi 2023 yil oxirigacha amal qiladi. Futbolchining Belarusdagi faoliyatini boshlagan “Energetik-BGU” jamoasiga qaytishini tasavvur qilish oson. Biroq, bir hafta oldin “talabalar” bosh murabbiyi Pavel Rodnenok bunday ssenariy yuzaga kelishi dargumonligini, chunki poytaxt klubida futbolchining moliyaviy ehtiyojlarini qondirish uchun mablag‘ yo‘qligini aytdi. Rodnenok yarim himoyachi BATEdagidan kam maosh olishni istamasligiga ishonchi komil.

Umarov haqidagi so‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, u mavsum yakuniga qadar “Torpedo-BelAZ” jamoasiga ketishi mumkin.

Kiritildi: 18:56, 19.05.2022.
O'qildi: 2267 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.