Taniqli ukrainalik sobiq futbolchi va murabbiy Andrey Shevchenko rossiyalik sportchilarga nisbatan sanksiyalar haqida fikr bildirdi.
Shevchenko rossiyalik sportchilar hech qanday musobaqada qatnashmasligini aytdi. Ukrainalik mutaxassis bu uning shaxsiy pozisiyasi ekanligini va yaqin orada bu pozisiyaga amal qilishini qayd etdi. Ukraina terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi asosan rossiyalik futbolchilar va murabbiylar bilan muloqot qilmasligini qo‘shimcha qildi.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya klublari Ukrainadagi vaziyat tufayli UEFA rahbariyati tomonidan keyingi mavsumga yevrokuboklardan chetlatilgan edi.