Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/02 00:45 Parma 1-1 Kalyari
28/02 01:00 Levante 2-0 Alaves
28/02 01:00 Vulverhempton 2-0 Aston Villa
28/02 17:30 Bornmut 1-1 Sanderlend
28/02 18:00 Rayo Valyekano 1-1 Atletik Bilbao
28/02 18:45 Neftchi 3-0 Mash’al
28/02 19:00 Komo 3-1 Lechche
28/02 19:00 Lokomotiv 3-1 Surxon
28/02 19:15 Dinamo 1-2 Navbahor
28/02 20:00 Byornli 3-4 Brentford
28/02 20:00 Liverpul 5-2 Vest Xem
28/02 20:00 Nyukasl 2-3 Everton
28/02 20:15 Barselona 4-1 Vilyarreal
28/02 22:00 Verona 1-2 Napoli
28/02 22:30 Malyorka 0-1 Real Sosyedad
28/02 22:30 Lids 0-1 Manchester Siti
01/03 00:45 Inter 2-0 Jenoa
01/03 01:00 Real Ovyedo 0-1 Atletiko
01/03 16:30 Cremonese 0-2 Milan
01/03 18:00 Elche - Espanyol
01/03 19:00 OKMK - Bunyodkor
01/03 19:00 Fulhem - Tottenhem
01/03 19:00 Man. Yunayted - Kristal Pelas
01/03 19:00 Sassuolo - Atalanta
01/03 19:00 Brayton - Nottingem Forest
01/03 19:15 Nasaf - Xorazm
01/03 20:15 Valensiya - Osasuna
01/03 21:30 Arsenal - Chelsi
01/03 22:00 Torino - Lasio
01/03 22:30 Betis - Sevilya
02/03 00:45 Roma - Yuventus
02/03 01:00 Jirona - Selta
02/03 22:30 Piza - Bolonya

Qahramon Aslanov maqolasi: Mbappe haqida

Qahramon Aslanov maqolasi: Mbappe haqida

Baho:
+ | -1

2016 yilda 25 yoshda bo‘lgan Oskar birdaniga «Chelsi»dan «Shanxay»ga o‘tib ketgandi. Katta pul evaziga. Bemalol aytish mumkinki, Oskar o‘shanda karyerasini pulga almashgan - Yevropada ko‘zga ko‘ringan futbolchi Xitoyga ketsa, futboldan ketdi degani - balki futbol o‘ynab yurgandir, bilmaymiz, ko‘rmaymiz. Terma jamoaga chaqirilmaydi, gollari ijtimoiy tarmoqlarda aylanmaydi, «Oltin to‘p» nomzodlari ikki yuztaligida ismini uchratmaymiz. Oskar darajasidagi iqtidor uchun bu futboldan ketish emasmi?

Bir qaraganda, Kilian Mbappening «Real»ni rad etib, «PSJ»da qolish qarori shu holatga o‘xshaydigandek tuyuladi. Fransiya juda bir Xitoy yoki AQSH bo‘lmasayam, futbol jamoatchiligi e’tiboridan chetroqda. Rostanamda, qarang, Fransiya chempionatida «Mets» yoki «Renn»ga ko‘plab gol urib yurish mumkin, dunyo qayrilib ham qaramaydi. Buni «Barselona»dan Parijga borgan Neymar ham o‘z tanasida his qilgan, bir muddat o‘zini baxtsiz qilib yurgandi ham. Nahotki, bolalikdagi «Qirollik klubi» orzusi, «el-klassiko»larning yangi qahramoni bo‘lish imkoniyatini qanchadir yuz millionga almashsa-ya? Axir «Real» va «Barsa» bu dunyoni ikkiga bo‘lib yuboruvchi klub, qanaqa tuzsiz odamsiz-e, Kilian! :)

Ammo bir qaraganda shunday, xolos. Manimcha, Mbappe agar Parijda yana o‘ynash uchun aqlbovar qilmas pul olish taklifiga ko‘nmoqchi bo‘lsa ayni vaqti hozir. Ideal palla.

Sababi, bu mavsum unikal. Shu ma’nodakim, kelayotgan mavsum o‘z ichiga jahon chempionatini oladi. Mundial mavsum boshida yoki oxirida emas, aynan mavsum ichida bo‘lib o‘tadi. Bu nima degani?

Birinchi va yagona marta Fransiya chempionati vakili mavsum davomida rakursimizdan yo‘qolib qolmaydi.

«PSJ»ning o‘z yulduzlarini mahrum qilib qo‘yadigan yagona status shu edi - qancha gol uring, qancha assist amalga oshiring, qanchalik zo‘r o‘ynang, shu ishni Mbappe qildi ham shu yili, baribir dunyo e’tiboridan chetdasiz. Sizni Benzema, Saloh yoki hatto Sandro Tonali darajasida ham eslashmaydi. Mbappe haqida xabarlar faqat Chempionlar Ligasida gol urganda va «Real»ga o‘tishi haqidagi mish-mishlar bo‘lganida o‘qildi xolosdek go‘yo. To‘g‘rimi?

Bu safar unaqa bo‘lmaydi. Kuzda Mbappe «PSJ»da o‘ynamay tursayam bo‘ladi - jahon chempionati bor. Qatardagi turnirning o‘zi futbolchi uchun yarim mavsumga yetadi. Baribir barcha chempionatlardagi birinchi davra, u yerda boksing dey bo‘ladimi, boshqami, farqi yo‘q, mundial soyasida qolib ketadi. Mundial qahramonlari asosiy planga chiqishadi.

Bahorda esa, Chempionlar Ligasi. Katta ehtimol bilan u yerda «PSJ» ham bo‘ladi. Benzemadan so‘rang, YECHL o‘yinlari o‘z darajasi bilan har qanday chempionatning chempionlik intrigalariga soya solishga qodir. Shubhasiz.

Ya’ni, Mbappe bu safar endi «PSJ»da o‘ynasayam, xuddi Benzema, Saloh, De Bryuyne va boshqa, go‘yoki kattaroq ligalardagi hamkasblari bir bir qatorda ko‘z o‘ngimizda bo‘ladi. Qayerdadir chetda, Fransiya chempionatida yurgandek tasavvur bo‘lmaydi.

Boshqa oddiy yillarda «Real» yoki «Barselona» Mbappega Parij bera olmayotgan nimadirni taklif qila olardi, albatta. Ammo bu safar emas.

Jahon chempionati mezbonligini yutvolib, uni qishga ko‘chirishga erishgan qatarliklar qaysidir ma’noda, bilmagan holda, Mbappeni kelajakda bir kun olib qolishga zamin hozirlagan bo‘lib chiqishdi.

Qahramon Aslanov.

Manba: https://t.me/aslanov_futbol
Kiritildi: 05:37, 22.05.2022.
O'qildi: 3731 marta.
Fikrlar: 15 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.