Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese

Ilya Gerkus: «Osiyo - Rossiya futboli uchun maydon»

Ilya Gerkus: «Osiyo - Rossiya futboli uchun maydon»

Baho:
+ | -

«Lokomotiv» (Moskva) sobiq prezidenti Ilya Gerkusning fikricha, Rossiya futboli hozirgi holatda Osiyoga yuzlanishi kerak.

Har holda, xalqaro turnirlardan chetda qolish yaramaydi, mutasaddilar mamlakat futbolining keyingi taqdiri va rivojlanish strategiyasini o‘ylashlari shart.

- «Telegram»da RFIning OFKga o‘tishi yuzasidan faol tashviqot olib boryapsiz. O‘zi Osiyoda rus futbolini qabul qilishadimi, kutishyaptimi?

- Ayni shu yo‘nalishda ishlash kerak. OFKda 47ta a’zo bor va ularni ishontirish talab etiladi. Menimcha, bu - real mavzu. Deylik, Markaziy Osiyoda kamida 4ta tarafdorimiz mavjud. Qolaversa, Xitoy, Mo‘g‘uliston, Eron, Suriya, KXDR, Vyetnam va Kambodja ham bizga xayrixoh. Yana Hindiston bilan oramiz yaxshi. Qisqasi, ittifoqchilarimiz yetarli. 

- Ammo Yaponiya ham bor...

- Aytaylik, Yaponiya va Avs­traliya qarshi chiqar, Janubiy Koreya ham. Lekin konfederasiya a’zolarining yarmidan rozilik olinsa, kifoya qiladi. Arab mamlakatlari ham ko‘p jihatdan biz tomonda. 

- OFKga qo‘shilish ixtiyoriy ravishda past saviyaga o‘tish emasmi?

- Afsuski, hozir hech qayerda emasmiz. Hech narsasiz qolish yaxshimi yoki Osiyoda o‘ynash? Agar Yevropa va Osiyo o‘rtasida tanlov bo‘lganida, boshqa gap edi.

- Vyacheslav Koloskov so‘zlaridan iqtibos: «Osiyoda pul yo‘q, parvozlar hajmi katta, e’tibor past. Shunday ekan, bu masala muhokamaga arzimaydi»...

- Birinchidan, OCHL darajasida parvozlar qisman qisqartirilgan. Ikkinchidan, logistika borasida katta muammoga yo‘liqmaymiz. Jamoalar hududlarga asosan, guruhlarga bo‘linadi. Ya’ni deylik, Avs­traliya tomon uchishga to‘g‘ri kelmaydi. 

- G‘oya moliyaviy jihatdan qanchalik foydali?

- Ha, mukofot puli Yevropadagidan ancha kam. Ammo Yevropada hozir hech vaqo olmaymiz-ku. 

- Rossiya termasining Osiyo jamoalariga qarshi o‘yin­lari yurtimizda qiziqish uyg‘otadimi?

- Qiziqarli o‘yinlar yo‘q emas. Masalan, O‘zbekiston termasi bilan. Har holda, qo‘shnilarmiz. Eron termasi bilan uchrashish qiziq emasmi? Yaponlarga qarshi o‘ynashchi?

- Rossiyada OCHL o‘yinlarini tomosha qilisharmikan?

- Nega ko‘rishmas ekan? Taqvimdagi bo‘shliqni qanday to‘ldiramiz? Ha, bunday o‘yinlar klublarga katta daromad keltirmaydi. Boshqa tomondan, ittifoq davrida jamoalarimiz tez-tez turnega chiqib, obro‘-e’tibor qozongan. Ya’ni futbol barchani birlashtiradi. An’analarni qayta tiklash mumkin. Qolaversa, Osiyodan eng kuchli futbol davlati bo‘lib chiqsak, yomonmi? O‘zimizni hurmat qilishimiz, anglashimiz zarur. Yevropadagi saviyamizni bilamiz-ku.

Manba: sport-express.ru, 

M.PO‘LATOV tayyorladi

Manba: iff.uz
Kiritildi: 13:00, 22.05.2022.
O'qildi: 1534 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик