Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona 0-1 Komo
10/05 17:00 Malyorka 1-1 Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli 2-2 Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas 2-2 Everton
10/05 18:00 Cremonese 3-0 Piza
10/05 18:00 Fiorentina 0-0 Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao 0-1 Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem 0-1 Arsenal
10/05 21:00 Parma 2-3 Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo 0-0 Xetafe
10/05 23:45 Milan 2-3 Atalanta
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche

Futzal. Bugun O‘zbekiston kubogiga qur’a tashlanadi

Futzal. Bugun O‘zbekiston kubogiga qur’a tashlanadi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston Professional futbol ligasi futzal bo‘yicha O‘zbekiston chempionati hamda birinchiligi o‘yinlarini yakunladi. Oldinda bizni Oliy liganing so‘nggi ishtirokchisi nomiga oydinlik kiritib beradigan o‘tish o‘yini kutib turibdi. 

Shundan keyin O‘zbekiston kubogi start oladi va unda respublikaning 16 ta jamoasi g‘oliblik uchun kurashadi. Bular — Oliy liganing amaldagi 12 ta hamda Birinchi ligada mavsum yakuniga ko‘ra dastlabki to‘rt o‘rinni egallagan jamoalar. 

Reglament asosida O‘zbekiston kubogi uchrashuvlari uy-safar tizimida tashkil etilishi kerak edi. Afsuski, futzal jamoalari haligacha sport majmuasi masalasida qiyinchilikka duch kelmoqda. Qolaversa, pandemiya sharoitida vaqtinchalik klinikaga aylantirilgan ayrim sport zallari musobaqalar o‘tkazish uchun tayyor holga kelmagan. Shundan kelib chiqib, O‘zbekiston kubogi bellashuvlari markazlashgan tizimda Toshkentda tashkil etiladi. 

Rejaga ko‘ra, 31 may kuni jamoalar 1/8 final bosqichida zalga chiqadi. Mag‘lub jamoalar musobaqani tark etadi. Mos ravishda 2 iyun sanasida ¼ hamda 3 iyunda ½ final uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi. Hal qiluvchi final o‘yini 5 iyunda o‘tkaziladi. 

Musobaqaga bugun — 23 may kuni soat 18:00 dan boshlab qur’a tashlanadi. Qur’a jarayoni onlayn efirga olib chiqiladi.

Manba: PFL.UZ
Kiritildi: 11:34, 23.05.2022.
O'qildi: 954 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик