"Barselona" futbol direktori Mateu Alemani jamoa futbolchsisi Usmon Dembelening kelajagi haqida fikr bildirdi. U shunday deydi:
"Futbolchining kelajagini faqat uning o‘zi va agenti biladi. Ha, bu borada menda ham shaxsiy qarashlar bor , ammo bu ahamiyatga ega emas. Tez orada hammasi ma’lum bo‘ladi".
Avvalroq hujumchi kataloniyaliklar safini tark etishi haqida xabar qilingan edi.