Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Slavche Voyneski: "Ketma-ket duranglardan keyin g‘alaba juda muhim edi"

Slavche Voyneski: "Ketma-ket duranglardan keyin g‘alaba juda muhim edi"

Baho:
+ | -

"Lokomotiv" bilan bellashuvdan keyin "Paxtakor" bosh murabbiyi matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- Biz uchun ruhan og‘ir o‘yin edi. Chunki so‘nggi ikki o‘yinda qo‘shimcha daqiqalarda ochkolarni boy berdik. O‘yinni yaxshi boshladik, to‘pni nazorat qildik va ko‘proq hujumlar qildik. Ikkinchi bo‘lim esa og‘ir o‘tdi. "Lokomotiv" oldinga o‘ynadi, yaxshi bosim o‘tkazdi. Biz esa to‘pni o‘zimizda saqlashga harakat qildik. Ikkinchi goldan keyin ikkala jamoa vakillarida ham yaxshi vaziyatlar bo‘ldi, biroq ular golga aylanmadi. Bizning salbiy tarafimiz ham shu, vaziyatlarni golga aylantira olmayapmiz. Turg‘unboyev va Erkinov termaga nomzod futbolchilar, ular bunday vaziyatlardan foydalanishi kerak. Keyingi o‘yinlar uchun bu vaziyatlar borasida ishlaymiz. Bugungi o‘yin uchun mehmondo‘stlik va yaratib berilgan sharoitlar uchun "Lokomotiv" futbol klubi ishchi-xodimlari va tashkilotchilariga minnatdorlik bildiraman.

Doston Hamdamov "Paxtakor" futbolchisi. Qatar jamoasidan ijaradan qaytib keldi va bizning dastur bo‘yicha ikkinchi davraga tayyorlanmoqda. U terma jamoada ham o‘ynaydi. Katanesning ro‘yxatini hali bilmaymiz, odatda uni doimo termada ko‘ramiz. Shu sababli uning keyingi o‘yinlarda yaxshi holatda bo‘lishini istaymiz.

Terma jamoalarda 15 yil ishladim, bu borada tajriba katta. Klublar termalar uchun ishlashi, doimo qo‘llab-quvvatlashi kerak. Chunki termalar doimo davlatning yuzi bo‘lib kelgan. Doimo ular uchun futbolchilarni yuqori darajada ushlab tura olish kerak. Saudiya Arabistonida juda tig‘iz taqvimda o‘yinlar o‘tkazdik. Bizga bu oson bo‘lmadi. "Sepaxan" OCHLda o‘yinlar o‘tkazganidan keyin mamlakatida 10 kun dam olib, keyinchalik chempionat o‘yinlariga kirishdi. Biz esa may oyida har uch kunda o‘ynayapmiz. Terma uchun bu normal holat. Ularni qo‘llab-quvvatlaymiz.

Biz hali ko‘p narsalarni o‘zgartiradigan darajada ko‘p mehnat qila olmayapmiz. Bunga vaqt kerak. Buning uchun futbolchilar, klub va muxlislar bilan o‘zgarishlar zarur bo‘ladi. Yangi uslubga o‘tish uchun avvalo yangicha yo‘llarni tanlash, ularni qabul qila olish muhim. Klubda nimalarnidir o‘zgartirish oson ish emas. Jamoani ilk marta Antaliyada ko‘rganimdan beri ulardagi jihatlarni o‘zgartirishga harakat qilyapman. Agarda to‘liq jamoa bilan bo‘lgan kunlarimni hisoblasam, bu 55-60 kunni tashkil qilsa kerak. Shu kunlar ichida o‘z imzoni ko‘rsata olish oson bo‘lmaydi.

Manba: "Пахтакор" матбуот хизмати
Kiritildi: 01:31, 24.05.2022.
O'qildi: 880 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.