Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

O‘smirlar o‘yiniga 67 ming muxlis tashrif buyurdi (video)

O‘smirlar o‘yiniga 67 ming muxlis tashrif buyurdi (video)

Baho:
+ | -

«MYU» va «Nottingem Forrest» o‘smirlar jamoalari Angliya kubogi finalida o‘zaro kuch sinashdi. Navqiron «qizil iblislar» 3:1 hisobida ishonchli g‘alabani nishonlashdi.

«MYU» sardori Ris Bennettning goliga o‘z darvozaboni Radek Vitek avtogol bilan javob qaytardi. Ammo ikkinchi bo‘limda «Yunayted» darajasi o‘z so‘zini aytdi: Alexandro Garnacho «dubl» rasmiylashtirdi.

Uchrashuv shuningdek, tomoshabinlar tashrifi bilan ham alohida ahamiyat kasb etdi. «MYU» o‘smirlari «Old Traffordda 67 492 nafar muxlis yig‘ishdi. Maydonda katta futbolga ilk qadamlarni qo‘yayotgan yigitlar kuch sinashdilar. Manzara esa hayratlanarli.

O‘smirlarni qo‘llab-quvvatlash uchun asosiy jamoa a’zolari David de Xea, Garri Maguayr, Brunu Fernandesh, o‘tmish afsonalari (Niki Batt, Duayt York, Ues Braun), klub vunderkindlaridan biri Xannibal Mejbri va albatta, ser Aleks Fergyuson tashrif buyurishdi.

Ommaboplikning ikki sababi bor: garchi «MYU» o‘smirlar o‘rtasida Angliya kubogini qo‘lga kiritish rekordchi bo‘lsada (endi 11ta yutuq), yosh «iblislar» so‘nggi bor mavsum-2010|2011da turnir finalida qatnashishgandi. Qo‘shimchasiga, klub chipta uchun ramziy narx belgiladi - 1 funt, vaholanki, xohlovchilar ko‘p edi. Umumiy hisobda 74 140ta chipta sotildi - «Old Trafford» o‘z bag‘riga aynan shuncha muxlisni sig‘dira oladi. Ishqibozlarning ma’lum qismi o‘yinga kelolmadi, shu bois, finaldagi tashrif buyurganlar 67 492 kishi etib ko‘rsatildi.

Avvalgi rekord ham «Manchester Yunayted» ishtirokidagi o‘yinda qayd etilgan, 2007 yilning martida «Arsenal» va «MYU» «Emireyts»da o‘smirlar o‘rtasidagi kubogi finalida kuch sinashgandi. O‘shanda londonlik yigitlarning g‘alabasini 38 187 muxlis kuzatib borgan.

«MYU» o‘smirlari orasida kimlar e’tiborga loyiq?

Alexandro Garnacho

17 yoshli argentinalik termaga chaqirilib, asosiy tarkibda debyutini ham nishonlab ulgurgan. «MYU» uni «Atletiko»dan olgan, endi esa o‘sish jarayonidan rohat olmoqda. Joriy mavsum «Yunayted» U-18 jamoasining eng yaxshi futbolchisiga atalgan Jimmi Myorfi sovrini aynan Garnachoga nasib qildi.

Charli Maknill

«MYU» qo‘shni «Siti»dan «o‘g‘irlagan» ushbu forvard asosiy o‘smirlar derbisida o‘zini ko‘rsatdi. Birdaniga «poker» rasmiylashtirdi.

Jo Xagill

«Yunayted» ko‘plab gollar urayotgan hujumchi uchun kurashda «Arsenal» va «Tottenxem»ni ortda qoldirdi. Yosh Xagill uchun «Sanderlend»ga 330 ming yevro to‘landi.

O‘.UMAROV tayyorladi

Manba: iff.uz
Kiritildi: 08:02, 24.05.2022.
O'qildi: 2126 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.