Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/01 00:45 Inter 6-2 Piza
24/01 01:00 Levante 3-2 Elche
24/01 17:30 Vest Xem 3-1 Sanderlend
24/01 18:00 Rayo Valyekano 1-3 Osasuna
24/01 19:00 Komo 6-0 Torino
24/01 20:00 Xitoy 0-4 Yaponiya
24/01 20:00 Byornli 2-2 Tottenhem
24/01 20:00 Fulhem 2-1 Brayton
24/01 20:00 Manchester Siti 2-0 Vulverhempton
24/01 20:15 Valensiya 3-2 Espanyol
24/01 22:00 Fiorentina 1-2 Kalyari
24/01 22:30 Sevilya 2-1 Atletik Bilbao
24/01 22:30 Bornmut 3-2 Liverpul
25/01 00:45 Lechche 0-0 Lasio
25/01 01:00 Vilyarreal 0-2 Real Madrid
25/01 16:30 Sassuolo 1-0 Cremonese
25/01 18:00 Atletiko 3-0 Malyorka
25/01 19:00 Atalanta - Parma
25/01 19:00 Jenoa - Bolonya
25/01 19:00 Nyukasl - Aston Villa
25/01 19:00 Brentford - Nottingem Forest
25/01 19:00 Kristal Pelas - Chelsi
25/01 20:15 Barselona - Real Ovyedo
25/01 21:30 Arsenal - Man. Yunayted
25/01 22:00 Yuventus - Napoli
25/01 22:30 Real Sosyedad - Selta
26/01 00:45 Roma - Milan
26/01 01:00 Alaves - Betis

O‘FA rahbariyati o‘smirlar terma jamoalarining murabbiylar shtabi bilan uchrashdi

O‘FA rahbariyati o‘smirlar terma jamoalarining murabbiylar shtabi bilan uchrashdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Bugun O‘zbekiston futbol assosiasiyasida O‘FA rahbariyati, terma jamoalar bo‘limi mutaxassislari, murabbiylar hamda sport shifokorlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Dastlab 23 may kuni davlatimiz rahbari raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda ko‘tarilgan dolzarb masalalar, xususan, sportni yanada ommaviylashtirish, sport ta’limini yaxshilash va iqtidorli sportchilarni tayyorlash bo‘yicha ishlarni tizimli tashkil etish, bu borada uzviy “zanjir”ni yo‘lga qo‘yish borasida oldinda turgan vazifalar yuzasidan so‘z bordi.

O‘FA rahbariyati O‘zbekiston U-15 va U-16 terma jamoalarining murabbiylar shtabi bilan tashkil etilayotgan yig‘inlarning tahlili, futbolchilarning holati va imkoniyatlari, shuningdek, yaqinlashib kelayotgan musobaqalarga tayyorgarlik rejalari xususida suhbatlashdi.

O‘zbekiston U-15 TJ bosh murabbiyi Zayniddin Tojiyev Xorvatiyada o‘tkazilgan yig‘in haqida hisobot berdi. Uning qo‘l ostidagi jamoanining ishtiroki tahlil qilindi. O‘z o‘rinda, Tojiyev bir qator masalalar yuzasidan o‘z takliflarini bildirdi.

Shuningdek, kuni kecha CAFA musobaqasida ishtirok etgan O‘zbekiston U-16 TJ bosh murabbiyi Jamoliddin Rahmatullayev Tojikistonda o‘tkazilgan turnir haqida to‘xtalib o‘tdi. U-17 Osiyo kubogining saralash bosqichiga tayyorgarlik rejasi, oldinda turgan vazifalar haqida so‘z bordi.

Murabbiylar bilan suhbatda har kunlik mashg‘ulotlarga zamonaviy yondashish, tahlil, raqiblarni o‘rganish, shuningdek, yangi texnologiyalarni jalb etish bo‘yicha topshiriqlar berildi. Shu bilan bir qatorda, bu yosh toifasidagi bolalarning rivojlanib borishini doimiy nazorat qilib borish muhim ekanligi, sport psixologiyasi, farmakologiya, vitaminizasiya va tiklanish jarayoniga jiddiy e’tibor qaratish zarurligi ta’kidlandi.

Yig‘ilish yakunida mas’ullarga yillik taqvim rejalaridan kelib chiqib, xalqaro o‘rtoqlik turnirlariga jamoalarimizni ko‘proq jalb qilish hamda kuchli terma jamoalar bilan o‘rtoqlik o‘yinlarini tashkil etish, murabbiylarning talablaridan kelib chiqib, tashkiliy masalalarni hal qilish yuzasidan topshiriq berildi.

Manba: Telegram.me/FAUzbekistan
Kiritildi: 17:01, 24.05.2022.
O'qildi: 1104 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.