"Barselona" prezidenti Joan Laporta yarim himoyachi Gavining yangi shartnomasi haqida gapirdi.
"Gavi bor-yo‘g‘i 17 yoshda, lekin uning "Barsa"da kelajagi bor. Bizning maosh taklifimiz munosibdir. Men taklifni bundan ortiq yaxshilamoqchi emasman, "Barselona" bizdan oldingi odamlar kabi yo‘lda davom etishini istamayman", - dedi Laporta.
Eslatib o‘tamiz, 17 yoshli futbolchining kataloniyaliklar bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilda yakuniga yetadi.