Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/07 01:00 Fransiya - Marokash
10/07 23:59 Ispaniya - Belgiya

«Borussiya» va «Barselona» o‘rtasidagi Adeyemi transferi bo‘yicha muzokaralar tafsilotlari ma’lum bo‘ldi

«Borussiya» va «Barselona» o‘rtasidagi Adeyemi transferi bo‘yicha muzokaralar tafsilotlari ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

Dortmundning «Borussiya» hujumchisi Karim Adeyemi «Barselona»ga o‘tishga yaqin turibdi.

Jurnalist Patrik Bergerning ma’lumotlariga ko‘ra, kataloniyaliklarning hujumchini sotib olish bo‘yicha qilgan ilk rasmiy taklifi taxminan 20 million yevroni tashkil etadi. «Asalarilar» o‘z futbolchisi uchun o‘zlari istagan 40 million yevroni olishlari qiyin bo‘ladi, chunki uning shartnomasi atigi bir yildan so‘ng yakuniga yetadi.

Shunga qaramay, «Borussiya» Adeyemi transferi uchun «Zalsburg»ga to‘lagan summani — taxminan 33 million yevroni qaytarib olmoqchi. Shuningdek, bitimga keyingi sotuvdan tushadigan foizlar va bonuslar ham kiritilishi kerak. Transfer ustida ish olib borilmoqda. Adeyemi allaqachon «Barselona» bilan uzoq muddatli shartnoma shartlari bo‘yicha kelishib olgan.

Kiritildi: 13:17, 09.07.2026.
O'qildi: 1422 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик