“PSJ” hujumchisi Lionel Messi va “Bavariya” hujumchisi Robert Levandovski Yevropaning kuchli beshlik ligalarida kamdan-kam uchraydigan statistikalardan birini qayd etishdi.
Ya’ni argentinalik va polshalik futbolchi 2021/22 yilgi mavsumda 7 martadan darvoza to‘siniga zarba berishgan. Ushbu ko‘rsatkichni boshqa hech qanday futbolchi qayd etmagan.
Ma’lumot o‘rnida, Messi Fransiya chempionatida 26ta, Levandovski esa Germaniya Bundesligasida 34ta o‘yin o‘tkazgan.