Nikolo Dzanyolo "Roma"ning Konferensiyalar ligasidagi g‘alabasi haqida gapirdi.
Rimliklar turnir finalida “Feyenoord”ni mag‘lub etishdi (1:0).
“Ajoyib, men bolalikdagi orzuimni amalga oshirdim. Muxlislar ajoyib, ular fantastik, hammasi ular uchun.
Biz kuchli jamoa ekanligimizni isbotladik.
G‘alabani og‘ir damlarda yonimda bo‘lgan onam, bobom, otam va singlimga bag‘ishlayman”, - deydi “Roma” yarim himoyachisi.













