Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/01 00:45 Sassuolo 0-3 Yuventus
07/01 01:00 Vest Xem 1-2 Nottingem Forest
07/01 16:30 Yaponiya 5-0 Suriya
07/01 16:30 Janubiy Koreya 0-0 Eron
07/01 19:00 O‘zbekiston 3-2 Livan
07/01 21:30 Qatar 0-2 BAA
07/01 22:30 Bolonya 0-2 Atalanta
07/01 22:30 Napoli 2-2 Verona
08/01 00:30 Bornmut 3-2 Tottenhem
08/01 00:30 Brentford 3-0 Sanderlend
08/01 00:30 Kristal Pelas 0-0 Aston Villa
08/01 00:30 Everton 1-1 Vulverhempton
08/01 00:30 Fulhem 2-1 Chelsi
08/01 00:30 Manchester Siti 1-1 Brayton
08/01 00:45 Parma 0-2 Inter
08/01 00:45 Torino 1-2 Udineze
08/01 00:45 Lasio 2-2 Fiorentina
08/01 01:15 Byornli 2-2 Man. Yunayted
08/01 01:15 Nyukasl 4-3 Lids
08/01 16:30 Avstraliya - Tailand
08/01 19:00 Iroq - Xitoy
08/01 22:30 Cremonese - Kalyari
09/01 00:45 Milan - Jenoa
09/01 01:00 Arsenal - Liverpul
09/01 19:00 Qirg‘iziston - Vyetnam
09/01 21:30 Iordaniya - Saudiya Arabistoni

O‘FA vise prezidenti Odil Ahmedov “Metallurg” PFK akademiyasi bilan tanishdi

O‘FA vise prezidenti Odil Ahmedov “Metallurg” PFK akademiyasi bilan tanishdi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston U-23 –  Tojikiston U-23 terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik nazorat uchrashuvi munosabati bilan Bekobod shahriga tashrif buyurgan O‘zbekiston futbol assosiasiyasi vise-prezidenti Odil Ahmedov “Metallurg” professional futbol qoshida faoliyat yuritayotgan “El Golazo Academy Powered by Real Madrid Foundation” bolalar va o‘smirlar futbol akademiyasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

O‘zbek futboli afsonalaridan biri, jahonning top klublarida faoliyat yuritgan taniqli mehmon dastavval akademiya futbol maydonlari joylashgan hududda bo‘ldi. O‘FA delegasiyasi a’zolarida Sirdaryo sohilida joylashgan hamda qisqa fursat ichida akademiya muassislari ko‘magida qurib foydalanishga topshirilgan sun’iy va tabiiy qoplamali futbol maydonlari, futbolchilarning kiyinish, yuvinish xonalari bilan tanishishdi. Shuningdek, ayni paytda barpo etilayotgan yangi, tabiiy futbol maydoni, mashg‘ulot o‘tkazish maydonchalaridagi bunyodkorlik ishlarini ko‘zdan kechirishdi.



Shundan so‘ng Odil Ahmedov boshchiligidagi delegasiya a’zolari “El Golazo Academy Powered by Real Madrid Foundation” bolalar va o‘smirlar futbol akademiyasi o‘quv binosiga tashrif buyurdi. O‘zbekiston metallurgiya kombinati AJ boshqaruvi raisi R.Pirmatov, akademiya direktori A.SHaripov delegasiya a’zolariga akademiyani barpo etish, ulkan bunyodkorlik ishi tarixi haqida ma’lumot berishdi. Akademiyada tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar nufuzli mehmonlarda ulkan taassurot qoldirdi. “Bizning davrimizda bunday sharoitlar bo‘lmagan. Hozirgi avlodga havas qilaman. Agar biz ulg‘aygan paytlarda ham shu kabi imkoniyat va sharoitlar yaratib berilganida, men “Real” (Madrid) klubida to‘p surgan bo‘lardim”, - deb o‘quvchilarga o‘z taassurotlarini o‘rtoqlashdi Odil Ahmedov. O‘z navbatida akademiya tarbiyalanuvchilari o‘zbek futboli faxriysi bilan anjumanlar zalida uyushtirilgan uchrashuvda o‘zlarini qiziqtirgan turli savollariga javob olishdi. O‘FA vise prezidenti akademiya tarbiyalanuvchilariga qarata “bunday imkoniyatdan unumli foydalanish kerak. Sizlarning o‘qishlaringiz, bilim olishlaringiz, yashash, o‘zlaring sevgan kasb – futbolning sir asrorlarini o‘rganishlaringiz uchun barcha zarur shart sharoitlar yaratib berilgan ekan. Faqat faqat o‘z ustlaringda ishlanglar. Izlanishdan aslo to‘xtamanglar. Sizlarning orangizdan o‘zbek futboli sharafini xalqaro maydonlarda, jahon chempionatlarida himoya etuvchi futbolchilar yetishib chiqishiga ishonaman. Buning uchun faqat ishlash, mehnat qilish zarur. Bugun, katta futbolgacha bo‘lgan qisqa fursat ichida ta’mil toshini qo‘yib olishlaring zarur. Yoshlikda olingan bilim sizlarga bir umr asqotadi. Malakali murabbiylardan futbol mahoratlaringizni oshirib borish barobarida boshqa fanlarni ham chuqur o‘zlashtirib boringlar. Ayniqsa, akademiyada xorij tillarini o‘rganish uchun katta imkoniyatlar yaratib berilibdi. Bu sizning baxtingiz, undan albatta foydalanishingiz kerak” deya murojaat etdi.

Uchrashuv so‘nggida O‘zbekiston metallurgiya kombinati AJ boshqaruvi raisi, “Metallurg” PFK prezidenti R.Pirmatov O‘FA vise prezidenti Odil Ahmedovga akademiya nomidan esdalik sovg‘asini topshirdi. O‘z navbatida yurtimiz futboli afsonasi “El Golazo Academy Powered by Real Madrid Foundation” bolalar va o‘smirlar futbol akademiyasi esdaliklar kitobiga o‘z tassurotlarini yozib qoldirdi.

Manba: https://t.me/metallurguz
Kiritildi: 16:16, 26.05.2022.
O'qildi: 1765 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.