Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/04 00:00 Atletik Bilbao 1-2 Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf 1-1 Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor 2-1 Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum 1-3 So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina 1-0 Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted 1-2 Lids
14/04 00:00 Levante 1-0 Xetafe
14/04 18:00 Xorazm - Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor - Neftchi
14/04 23:59 Atletiko - Barselona
14/04 23:59 Liverpul - PSJ
14/04 23:59 Arsenal - Sporting
15/04 23:59 Bavariya - Real Madrid

Ronalduning borligi Fernandeshga salbiy ta’sir ko‘rsatdimi?

Ronalduning borligi Fernandeshga salbiy ta’sir ko‘rsatdimi?

Baho:
+ | -

Futbol eksperti Gari Nevill Krishtianu Ronalduning borligi "Manchester Yunayted" futbolchilariga yomon ta’sir qilishini aytdi.

“Menimcha, Brunu unga cho‘qintirgan otadek qaraydi, shuning uchun u bu mavsumda biroz yomonroq o‘ynadi. Bu sardor sifatida Maguayrga ham ta’sir qildi" - dedi Nevill Sky Sports nashriga.

Mutaxassisning ta’kidlashicha, Ronalduning obro‘si futbolchilarga bosim o‘tkazmoqda va xususan, hujumchi Edinson Kavanini klubni tark etishga undagan.

"Kavaniga o‘tgan yozda qolib, jamoani boshqarishni iltimos qilishgandi, ammo ular Ronalduni qo‘lga kiritganlarida, Kavani uchun hamma narsa tugagan edi", - deya qo‘shimcha qildi Nevill.

Fernandesh joriy mavsumda APLda 36 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. O‘tgan mavsumda portugaliyalikning o‘yini yuqoriroq bo‘lib, 18 gol urgan va 12 golga assistentlik qilgan.

Kiritildi: 12:00, 27.05.2022.
O'qildi: 1842 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик