"Liverpul" himoyachisi Ibrohim Konate Chempionlar ligasi finali oldidan o‘z kayfiyati bilan o‘rtoqlashdi.
“Men boshqa hech narsani orzu qila olmasdim. Chempionlar ligasi finali. Parijda. Mening uyim. Qanday tarix!" - dedi Konate.
25 may kuni Konate o‘zining 23 yoshini nishonladi va shanba kuni u faoliyatida ilk bor asosiy Yevropa kubogi turnirining finaliga chiqishi mumkin.
"Menda top-klubda o‘ynash yoki shunga o‘xshash biror narsa haqida tasavvurim yo‘q edi. Men shunchaki professional futbolchi bo‘lishni xohlardim", - deya qo‘shimcha qildi Konate.
Chempionlar ligasi finali 29 may kuni Toshkent vaqti bilan soat 00:00da Parijda bo‘lib o‘tadi.