Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Uzbek futboli "Marselo"si bilan suhbat

Uzbek futboli "Marselo"si bilan suhbat

Baho:
+1 | -1

  O‘zbek futboli kelajagi deya ta’riflangan ko‘plab futbolchilarni bilamiz. Ushbu mavsumda “So‘g‘diyona” jamoasida o‘zining yorqin o‘yinlarini ko‘rsatayotgan Xislat Xalilovni ham kelajagi porloq ko‘rinmoqda. Maydonda ko‘p yugurishi va doimiy pressing uyushtirishi tufayli Xalilov ba’zi mutaxassislar e’tiboriga tushganligi ham bor gap. O‘zbekiston U20 termasi va “So‘g‘diyona” yarim himoyachisi Xislat Xalilov bilan kichik suhbat o‘tkazdik.

- Ushbu mavsum kashfiyotlaridan biri bo‘lishingiz kutilyapti. Sizni kuzatganimda maydonda juda ko‘p yugurishingizni sezdim. Bir o‘zingiz raqib maydoni atrofida bosim uyishtirishga ham ikkilanmaysiz. Bu ishtiyoq bilan bog‘liqmi, yoki murabbiylarning talabimi?

Ko‘p yugurishim mumkin. Bu ko‘proq menga ishonch bildirgan murabbiyning keyinchalik afsuslanmasligi bilan bog‘liq. Asosiy tarkibda maydonga tushish uchun doim mehnat qilish kerak va men o‘sha 11talik orasida bo‘lishga harakat qilaman.

- Maydonda erkin harakat qilishga intilayapsiz. Harakatlaringizdan buni payqash qiyin emas. Ammo ba’zan sizda jur’at yetishmayotgandek ko‘rinadi. “Qo‘qon-1912” bilan o‘yinda ham Jasur Xasanov sizga nimalardir deganidan so‘ng pozisiyangiz bo‘yicha harakatlandingiz. Umuman yetakchi futbolchilar bilan munosabatingiz qanday?

Jasur Xasanov, Bahodir Nasimov, Artyom Filiposyan va Marat Bikmayev kabi nomdor futbolchilar bilan bir jamoada o‘ynash yaxshi. Chunki ular ko‘p naralarni o‘rgatishadi. Maydonda qanday harakatlanish va jamoani boshqarishda ularning o‘rni bor. Yaxshi futbolchi bo‘lish uchun albatta ularning yordami kerak. Umuman olganda jamoa va ularga bo‘lgan hurmat hammada bor.  Munosabatlar yaxshi.

- Muxlislar orasida sizga “Marselo” laqabi berilgan. Bunga qanday munosabatdasiz? 12 raqamini o‘zingiz tanlaganmisiz yoki bu tasodifmi?

Muxlislarga rahmat aytmoqchiman. Oldin ham meni “Marselo” deb atashganlar ko‘p bo‘lgan. Bunga qarshiligim bo‘lmagan. Albatta jahon darajasidagi yulduz nomi bilan sizni atashi yoqimli. 12 raqamining Marseloga aloqasi yo‘q. Bu shunchaki tasodif.

- Sizni Ravshan Haydarov murabbiyligidagi U20 termamizda ham uchratganmiz. U yerdagi holat qanday? Yoshlarimizdan yaxshi natijalar kutsak bo‘ladimi?

 20 yoshlilardan tuzilgan termamizda yaxshi saviyadagi futbolchilar juda ko‘p. Tarkibimiz ham kuchli deb o‘ylayman. Ravshan Haydarov yaxshi murabbiy. Hudo hoxlasa yaxshi natijalar ko‘rsatamiz.

- Klub haqida ham to‘xtalsak. “So‘g‘diyona” bir oydan so‘ng OFK kubogida ishtirokini boshlaydi. Jamoada qit’a musobaqasiga tayyorgarlik qanday ketyapti? Muxlislar “bo‘rilardan” chempionlik kutishayotgani aniq.

 Jamoada mashg‘ulotlar a’lo darajada olib borilmoqda. Umuman u musobaqada qatnashadigan jamoalar ham barchasi tayyorgarlikni yaxshi olib borsa kerak. Mehnatimiz natijasini oxirida bilamiz endi. Ungacha biror narsa deyish qiyin.

- Guruhdagi raqiblar haqida nimalar deya olasiz? Ulardan qaysilari jiddiy qarshilik ko‘rsatishi mumkin.

Musobaqada ishtirok yetayotganidan bilsa bo‘ladiki, ular ham kuchli jamoalar. Lekin ochig‘i ular haqida kimdir nisbatan kuchli yoki nisbatan zaifroq deya olmayman. Raqiblar haqida menda ma’lumotlar kam.

 - Yevrofutbol haqida ham bitta savol. Chempionlar ligasi finalida qaysi jamoaning imkoniyati yuqoriroq deb o‘ylaysiz?

Menimcha “Real Madrid” g‘alaba qozonsa kerak.

Mirjalol Pardaboyev suhbatlashdi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 16:30, 27.05.2022.
O'qildi: 3717 marta.
Fikrlar: 13 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.