Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Yozning eng qaynoq tranfserlari: kimlarni 50 milliondan arzon narxda xarid qilish mumkin?

Yozning eng qaynoq tranfserlari: kimlarni 50 milliondan arzon narxda xarid qilish mumkin?

Baho:
+2 | -

Kelayotgan transfer eng katta xaridlar amalga oshishi mumkin bo‘lgan davr hisoblanadi. Ha, koronavirus tufayli ko‘plab klublar, jumladan, eng kuchlilari ham moliyaviy qiyinchiliklar girdobida qoldi va qolmoqda. Shu sabab ayrim jamoalar o‘z futbolchilarini nisbatan arzon narxlarda sotishga qarshi bo‘lmaydi. Quyida arzon, ammo o‘ta sifatli bo‘lgan o‘nta futbolchi sanab o‘tiladi.

1. Mark Kukurelya

«Brayton» futbolchisi atigi bir mavsumda APLda o‘z o‘rniga ega bo‘la oldi. Xabarlarga ko‘ra, ispaniyalik himoyachini 30 million funt atrofida sotib olish mumkin bo‘ladi. Mark himoyaviy ishlar bilan birga hujumda ham faoldir. Shu sabab istalgan jamoaga foydali sanaladi.

2. Yuri Tilemans

Belgiya terma jamoasi a’zosi bu mavsumda o‘zini ko‘rsata olmadi. «Lester» unga yana imkon berishga tayyor. Ammo yarim himoyachining o‘zi boshqa klubga yo‘l olishni o‘ylamoqda. Xabarlarda uning narxi 30-35 million yevro ekani aytiladi.

3. Memfis Depay

Depay o‘z faoliyati davomida istalgan klubda to‘purar bo‘la olgan («MYU»dan tashqari). 28 yoshli hujumchi «Barselona»da qolmasligi mumkin. Niderlandiya terma jamoasi a’zosini sotib olmoqchi bo‘lganlar 17 million funt to‘lashlari lozim.

4. Gavi

Garchand o‘ta yosh bo‘lsa ham, Gavi kattalar kabi rivojlanishga erishdi. Shu sabab «Barselona»dek jamoada doimiy tarkibga kiritildi. Yarim himoyachining tovon puli 50 million funtga teng. Ammo uni shuncha pulga sotib olgan klub afsuslanmasa kerak.

5. Armando Broya

«Chelsi» tarbiyalanuvchisi mavsumni «Sautgempton» bilan o‘tkazdi va porlashga erishdi. Shu sabab hujumchiga ko‘plab katta jamoalardan qiziqishlar bo‘lmoqda. Albaniya terma jamoasi a’zosini istalgan klub 25 million funtga xarid qilishi mumkin. Chunki 20 yoshli futbolchining kelajagi porloq.

6. Pau Torres

Yevropaning istalgan jamoasi himoyani kuchaytirmoqchi bo‘lsa, ularga Torresdan yaxshiroq variant berib bo‘lmaydi. Ispaniyalik himoyachining narxi, Fabrisio Romanoga ko‘ra, 60 million yevrodan kamroqdir.

7. Rahim Sterling

Angliya terma jamoasi hujumchining APLdagi barqarorligi tahsinga sazovar jihatlardan biri sanaladi. Sterling so‘nggi besh mavsum davomida APLda 10 tadan ko‘p gol urib kelmoqda. Unga «Real» qiziqish bildirayotgani aytiladi. Ammo Sterling uchun kamida 50 million funt to‘lash talab etiladi.

8. Risharlison

«Everton» klubidagi moliyaviy qiyinchiliklar, rahbariyatni tarkibning asosiy futbolchilarini sotishga undamoqda. Shu sabab Risharlison ham sotuvga qo‘yilishi mumkin. Ammo Braziliya terma jamoasi a’zosi uchun 50 million funt to‘lanishi lozim.

9. Alessandro Bastoni

Milanning «Inter» klubi safida harakat qilayotgan markaziy himoyachi sotib yuborilishi mumkin. Biroq Bastonining jamoadagi o‘rni muhimdir. Futbolchi 38 million funtga baholangan.

10. Robert Levandovski

Polshalik hujumchi Bundesliga tarixidagi eng sermahsul futbolchilardan biridir. Garchand o‘z faoliyatining yakuniga yaqinlashib qolgan bo‘lsada, Robert gollar urishdan charchamayapti. Ammo «Bavariya» yozda u uchun 40 million yevrolik taklifni qabul qilishi mumkin. Levandovski «Barselona»ga o‘tishni ma’qul ko‘rishi aytiladi...

 


ISMATOV J.

Manba: caughtoffside.com
Kiritildi: 22:00, 27.05.2022.
O'qildi: 4086 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.