Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend 0-1 Brayton
14/03 20:00 Byornli 0-0 Bornmut
14/03 20:15 Atletiko 1-0 Xetafe
14/03 22:00 Napoli 2-1 Lechche
14/03 22:30 Chelsi 0-1 Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal 2-0 Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo 1-0 Valensiya
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona 0-2 Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 19:15 Neftchi 1-0 Paxtakor
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta
16/03 00:45 Lasio - Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad - Osasuna

Jekoda «Roma»ga muhabbat kuchlimi?

Jekoda «Roma»ga muhabbat kuchlimi?

Baho:
+ | -

Joriy mavsum boshida «Inter» tarkibiga qo‘shilgan Eden Jeko hamon o‘yinlarda «Roma» ramzi tushirilgan himoya qalqonidan foydalanmoqda.

Bu qanaqasi? Gap shundaki, bosniyalik goleador Rim jamoasiga 6 mavsum xizmat qilgan va bu vaqtda «bo‘rilar»ni chinakamiga sevib qolgan!

«Inter» Italiya kubogi finalida «Yuventus»ni 4:2 hisobida yengib, mavsum hisobidan ilk sovrinni rasmiylashtirdi. Milan jamoasi hujumchisi Edin Jeko hal qiluvchi bahsda gol urgani yo‘q, lekin hammadan ko‘proq quvondi, go‘yo. Har holda, final hushtagi chalinishi bilan maydonga yotib olgan bosniyalik ko‘pchilik e’tiborini o‘ziga qaratdi. Shuningdek, kameralar futbolchi ekipirovkasidagi bir qiziqarli belgini ham «ushladi» - qora getra oldida «Roma» ramzi tushirilgan himoya qalqoni. To‘g‘ri, qalqonda nima tasvirlangani aniq ko‘rinmaydi. Lekin 2021 yilning dekabr oyida «A» seriya doirasida o‘tkazilgan «Inter» - «Roma» o‘yini oldidan kiyinish xonasidan olingan kadrga qarasak, hammasi ravshan. Edinning himoya qalqonida aynan Rim klubi emblemasi bor! Darvoqe, o‘sha uchrashuvda bosniyalik hujumchi sobiq jamoasi darvozasiga gol urgan va «Inter» 3:0 hisobida g‘alaba qozongandi. Tushunarliki, Jeko o‘z golini nishonlagan emasdi.

Xo‘sh, Jekoning «Roma»ga muhabbati qayerdan? Hammasi oddiy: u Rim jamoasida 6 mavsum o‘ynadi. 6 yil - zamonaviy futbol uchun katta vaqt, albatta. Bu muddat davomida Jekoni muntazam ravishda boshqa klublarga «jo‘natishdi». Deylik, 2019 yiliyoq «Inter» safiga qo‘shilishiga ozgina qolgandi. O‘tgan mavsum esa bosniyalik hujumchi «Roma»ning sobiq bosh murabbiyi Paulo Fonseka bilan kelisholmay qoldi va yakunda xayrlashuv yuzaga keldi. Shunga qaramay, Eden jamoatchilik oldida har doim bir gapni qayta-qayta takrorlagan: «Rimda to‘la baxtiyorman». Mana, 2018 yilgi so‘zlaridan iqtibos: «Bu yerda o‘zimni qushdek yengil his qilyapman. Qolishga qaror qilganimning asosiy sababi shu - klubga muhabbatim. Qolaversa, turmush o‘rtog‘im va farzandlarim ham Rimda g‘oyat baxtlilar». 2020 yilda esa futbolchi «Roma»ga sevgisini yanada chiroyli tarzda bayon etdi. «Har bir o‘yin ta’sirida bu futbolka badanimga qattiqroq yopishmoqda. Hammasi «Roma» libosi terim bilan birlashmagunicha davom etadi!»

Edin Jeko - «Roma» tarixida yorqin iz qoldirgan futbolchi. U Rim jamoasi safida 260 marta maydonga tushib, 119ta gol urdi. Oddiy aytganda, bosniyalik hujumchi «bo‘rilar» tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar ro‘yxatida 3-o‘rinni egallab turibdi. Yana bir fakt: yevrokuboklarda «Roma» uchun Jekochalik ko‘p gol urgan futbolchi yo‘q - u 2021 yilning mart oyida YELdan o‘rin olgan «Braga»ga qarshi bahsda afsonaviy Franchesko Totti ko‘rsatkichini yangilangan edi.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 07:00, 28.05.2022.
O'qildi: 2414 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.