Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 19:00 Qizilqum 2-4 Olimpik
18/05 19:00 Andijon 1-1 Metallurg
18/05 21:00 Lechche 0-2 Atalanta
18/05 23:45 Torino 3-1 Milan
19/05 00:00 Alaves 1-0 Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo 0-2 Kalyari
19/05 18:00 Monsa 0-1 Frozinone
19/05 18:00 Udineze 1-1 Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ
20/05 21:30 Salernitana - Verona
20/05 23:45 Bolonya - Yuventus

Peres "Real"ning hozirgi tarkibi uchun qancha pul sarfladi? Mablag‘ning yarmidan ko‘pi hujumchilarga ketgan

Peres "Real"ning hozirgi tarkibi uchun qancha pul sarfladi? Mablag‘ning yarmidan ko‘pi hujumchilarga ketgan

Baho:
+ | -

Bugun 28 may kuni Parijda Chempionlar ligasi finali bo‘lib o‘tadi. "Stad de Frans" stadionida kubok uchun "Real" va "Liverpul" o‘ynaydi. Madrid klubi so‘nggi yillarda asosiy yevrokubok turnirida ajoyib muvaffaqiyatlarga erishdi (sakkiz yil ichida to‘rtta g‘alaba). Hozirgi tarkib "Real"ga qanchaga tushganini hisoblab chiqdik.

Darvozabonlar (43,5 mln yevro)

Madridning “Real” klubi 2018 yilda Tibo Kurtuani “Chelsi”ga 35 million yevro to‘lab sotib oldi.O‘sha paytdan boshlab Madrid klubi tarkibini ushbu darvozabonsiz tasavvur qilish qiyin. Belgiyalik futbolchi joriy mavsumda Chempionlar ligasida barcha 12 o‘yinda qatnashgan. (Bunday futbolchilar "Real" tarjibida uch nafarni tashkil qiladi).

2018 yilda 8,5 million yevroga sotib olingan ukrainalik Andrey Lunin uzoq vaqt ijarada edi. Avvaliga “Leganes”, keyin “Valyadolid” va “Ovyedo”da o‘ynagan. "Real Madrid" tarkibida u La Ligada atigi ikkita o‘yin o‘tkazdi (ikkalasi ham shu oy) va Chempionlar ligasida maydonga tushmadi.

Himoya (116 mln yevro)

“Real” uch nafar himoyachi uchun bir yevro ham to‘lanmagan. David Alaba va Migel Gutiyerres erkin agent sifatida jamoaga qo‘shilishgan, Nacho Fernandes esa klub tarbiyalanuvchisi. Ammo Eder Militao va Ferland Mendi uchun jami 100 million yevro klub hisobidan ketgan.

Taqqoslash uchun Marselo va Dani Karvaxal “Real”ga juda oz pulga tushgandi. Himoya chizig‘idagi o‘yinchilardan Alaba, Militao, Mendi va Karvaxal joriy mavsumda Chempionlar ligasida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan.

Yarim himoya (149,5 mln yevro)

"Real Madrid" besh futbolchi uchun ko‘rsatilgan mablag‘ning deyarli barchasini sarflagan. Modrich va Kroos haqida hech qanday savol yo‘q – bu yigitlar hamon jamoa yetakchilari qatorida va sezilarli foyda keltirmoqda. Isko Chempionlar ligasining ushbu mavsumida maydonga tushmagan, Sebalyos 36 daqiqa, Kamavinga 292 daqiqa maydonda harakat qildi. Taqqoslash uchun Modrich va Krossda umumiy o‘yin vaqti 1800 daqiqani tashkil qilyapti.

Madridliklar Kasemiro transferini ham to‘g‘ri taxmin qilishdi - 2016 yilda ular uning uchun 6 million yevro to‘lashdi, hozir esa uning narxi 50 million yevro. Lekin hozir klubning eng qimmat yarim himoyachisi u emas, Federiko Valverde 65 million yevro.

Hujum (429,4 mln yevro)

"Real" Eden Azar, Garet Beyl va Luka Yovich uchun 279 million yevro sarfladi, ammo bu mavsumda ulardan hech qanday foyda bo‘lmadi. Bu trioning Chempionlar Ligasidagi statistikasi: 213 daqiqa, 0 gol, 0 golli uzatma, bitta sariq kartochka.

12 yil avval 35 million yevro evaziga jamoaga kelgan Karim Benzema turnirda 15 ta gol urdi. Fransiyalik futbolchi mavsumni shu qadar zo‘r o‘tkazdiki, endi u “Oltin to‘p”ga asosiy da’vogarlardan biri sanaladi. Qimmatbaho Rodrigo va Vinisius Junior jamoaning eng yaxshi to‘purarlari qatorida.

Umumiy xulosa

"Real Madrid" tarkibdagi futbolchilarni xarid qilish uchun 738,4 million yevro sarflagan bo‘lsa, hozir jamoa futbolchilarining umumiy narxi 756,5 million yevroni tashkil etadi. Ko‘rib turganingizdek futbolchilarning transfer narxi sezilarli darajada oshib ketmagan va aksincha. Jamoa bugun finalda g‘olib bo‘lishi uchun ushbu tarkibning kuchi yetadimi, yo‘qmi. Barcha savollarga uchrashuv yakunidan so‘ng javob olamiz.

Kiritildi: 12:24, 28.05.2022.
O'qildi: 4896 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.