"Manchester Siti" yarim himoyachisi Rodri Ernandes sherigi Kevin de Bryuyne u bilan birga o‘ynagan eng yaxshi futbolchi ekanligini aytdi.
“De Bryuyne men bilan birga o‘ynagan eng yaxshi futbolchi. U shunchaki aql bovar qilmaydigan. U zamonaviy yarim himoyachi. Modrich va Inyesta bilan hech qanday o‘xshashlik yo‘q. U juda vertikal o‘ynaydi va har doim to‘pni jarima maydonchasiga kiritishga harakat qiladi", - dedi Rodri Diario AS nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, De Bryuyne joriy mavsumda Angliya Premyer-ligasining eng yaxshi futbolchisi deb tan olingandi. belgiyalik futbolchi bu sovrinni faoliyatida ikkinchi marta oldi.